Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Ektor Kuper uchun navbatdagi sinov

Ektor Kuper uchun navbatdagi sinov

Baho:
+ | -

Xitoyga yo‘l olish oldidan UFA Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o‘tkazganidan xabaringiz bor. Janob Kuperga o‘sha kuni jurnalistlar savollarni yog‘dirib tashlashdi. To‘g‘risi, men oldingi qatorda o‘tirgan bo‘lsamda, birorta savol berganim yo‘q. Hammasi kundek ravshan, murabbiyimzga vaqt kerak. Afsuski, men kabi fikr yuritadigan jurnalistlar o‘sha kuni zalda juda kam edi…

Qanchalar harakat qilmasin, Kuper qizishib ketdi. OAV vakillari uning o‘yin uslubini, Osiyo Kubogidagi natijani, tanlangan tarkibni ochiqchasiga tanqid ostiga olishar ekan, argentinalik murabbiy esa bosim ostida qolib ketdi. Shu payt negadir Babayan ishtorikidagi press konferensiyalar yodimga tushib ketdi… Hozirgi «botir» jurnalistlarimiz o‘sha payt qayerda edilar?  Himoyaviy taktikani tanqid ostiga olgan jurnalistlarimiz nega Babayanning mantiqsiz futboli haqida shunday savollarni yog‘dirib tashlashmagan ekan?  Yo‘q, men bugun bu mavzu haqida yozmoqchi emasman. Shunchaki, Xitoyda bo‘lib o‘tuvchi «China Cup» musobaqasidagi ishtirokimizga to‘xtalmoqchiman, xolos…
Bu musobaqaning eng muhim jihati shundaki, hademay boshlanuvchi JCH  saralash uchrashuvlari oldidan Kuper o‘z uslubini yanada sayqallab olish imkoniga ega. Bu turnirdagi natija ham biz uchun muhimmasdek ko‘ringani bilan, aslida, unday emas. Uzoq davom etuvchi saralash uchrashuvlari oldidan bu turnirdagi ijobiy natija biz uchun ruhiy ustunlik berishi aniq. Ortiqcha bosimsiz harakat qiladigan terma jamoamiz esa, o‘z o‘yinini ko‘rsata olsa, Urugvayga ham oson bo‘lmasligi tayin.

Biz bu yurt futbolchilarini o‘z vaqtida yenga olganmiz. Urugvay biz uchun o‘tib bo‘lmas to‘siq emas! Bir qarashda so‘zlarim balandparvozdek tuyulsada, bu - haqiqat. Hozirda futbol olamida autsayder termini borgan sari muomaladan chiqib ketmoqda. Agarda futbolchilarimiz Urugvayga qarshi uchrashuv oldidan ruhiy ustunlikni raqiblariga topshirib qo‘yishmasa, Ektor Kuperning ko‘rsatmalari to‘liq bajarilsa, Urugvayga oson bo‘lmasligi turgan gap!

Shu o‘rinda UFAga minatdorchiligimizni bildirib qo‘ysak! Harqalay, o‘sishga intilish bor. Kuchli termalar bilan o‘yinlar va kichik turnirlarda termamizning ishtirokini ta’minlashmoqda! Bundan avvalgi saralash bosqichlari oldidan qanday terma jamoalar bilan o‘ynaganimizni  eslasak, to‘g‘risi, uyalib ketadi odam. O‘zimizdan ancha saviyasi past termalar bilan bo‘lgan besamar o‘rtoqlik uchrashuvlari keyinchalik yakuniy natijaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. Mayli hammaning qalbidagi yarani yana tirnamaylik…

Darhaqiqat, bu JCH (nasib qilsa) biz uchun har doimgidanda yaqinroq ko‘rinmoqda. Tajribali murabbiyimiz qo‘l ostidagi tarkib ham chakki emas.  To‘g‘ri, Osiyo Kubogidagi ishtirokimizni ijobiy deb baholab bo‘lmaydi, ammo boshidan boshlab Kuperning bosh  vazifasi JCH ishtirokchisiga aylantirish emasmidi?! Shunday ekan, hali u o‘ziga berilgan imkoniyatni yo‘qqa chiqarganicha yo‘q! Shunday ekan unga ishonishda davom etamiz.

Janob Kuper oldida navbatdagi sinov turibdi. Umid qilamiz, murabbiyimiz o‘zbek futboliga «yangi shabadalar» olib kira oladi va xalqimizning yodida bizni ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sifatida abadiy qoladi.

Я.У

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:56, 21.03.2019.
O'qildi: 6600 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.