Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ektor Kuper: «JCH saralashi oldidan FIFA reytingini yaxshilab olish zarur»

Ektor Kuper: «JCH saralashi oldidan FIFA reytingini yaxshilab olish zarur»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiton - Urugvay uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper qatnashib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, yutqazdik. Urugvay terma jamoasi o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida qatnashib, juda yorqin taassurot qoldirgandi. Oskar Tabares shogirdlari FIFA reytingida ham yuqori o‘rinlarda borishmoqda. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida gol o‘tkazib yubordik. Keyin o‘yinni tenglashtirishga harakat qildik. Raqib birinchi bo‘limda to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda birinchi taymga qaraganda yaxshiroq harakat qildik. To‘pni ko‘proq o‘zimizda ushlab turishga intildik. Ammo raqibning tajribasi baribir o‘z so‘zini aytdi. Urugvay kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yin biz uchun Jahon chempionati saralashi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Kecha Xitoy - Tayland uchrashuvini ko‘rdim. Xitoy mag‘lubiyatga uchradi. Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Shu sababli hozircha uning ishiga baho berish qiyin. 

Futbolda turli natija ro‘y beradi. G‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon. Barcha natijani qabul qilishga tayyor bo‘lish zarur. Biz Urugvayga qarshi uchrashuvni tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ish olib boramiz. Kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Musobaqa tashkilotchilariga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Shart-sharoitlar barchasi yuqori saviyada tashkil qilingan. Bizni juda iliq kutib olishdi. Tashkiliy qo‘mita a’zolari har bir talabimizni bajarishga harakat qilishmoqda. Barchasi uchun ularga rahmat aytaman. 

Endi Xitoyga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu o‘yinda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xitoy musobaqa mezboni. O‘yin qiyin bo‘lishi aniq. Shunga qaramay g‘alaba uchun astoyidil harakat qilamiz. Chunki bu o‘yinlar FIFA reytingidagi o‘rnimizga ta’sir qiladi. JCH saralashidan oldin reytingda yuqoriroq o‘rinlarni egallash muhim».

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 22:35, 22.03.2019.
O'qildi: 5605 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.