Kirish Ro'yxatdan o'tish

Baland bo‘ylik futbolchilar...

Baland bo‘ylik futbolchilar...

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Joze Mourino har bir jamoada kamida 6 ta baland bo‘yli futbolchi bo‘lishi shart deb hisoblaydi. Aslida ham shundaymi? Hozirgi zamon futboli va yaqin o‘tmishda baland bo‘yi evaziga o‘z jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgan futbolchilar ko‘plab topiladi. Bugun aynan baland bo‘yli futbolchilar haqida so‘z boradi.

Naldo

197 sm bo‘yga ega bo‘lgan braziliyalik himoyachi o‘z faoliyatining katta qismini Bundesliga klublarida o‘tkazgan. U himoyachi bo‘lishiga qaramasdan o‘z kariyerasi davomida 72 ta gol urishga ulgurdi. Uning baland bo‘yi qanot himoyasida ham, markaziy himoyada ham zarracha qiyiynchilik tug‘dirmagani tahsinga sazovor. Naldo anchagina yirik, biroq tezkor futbolchilar sirasiga kiradi.

Piter Krauch

Albatta, bu futbolchini reytingimizga kiritmasak adolatdan bo‘lmas edi. Bir qarashda futbolchiga ham o‘xshamaydigan Krauch o‘z mehnati evaziga APL tarixida eng ko‘p boshi bilan gol kiritgan futbolchiga aylandi. Futbolchi 201 sm bo‘yga ega va bunda juda unumli foydalanishda davom etmoqda. Ha aytgancha, qahramonimiz aynan shu jihati bilan  «Ginnes rekordlari» kitobiga ham kirishga ulgurgan. Shunchaki, qoyil qo‘lish mumkin!

Yan Koller

Koller Krauchdan farqli o‘laroq o‘zining 202 sm bo‘yiga yarasha deyarli 100 kilogramm atrofida tosh bosar, shunga qaramasdan maydonda chaqqon harakatlari bilan ajralib turardi. Uning eng gullagan davrlari «Borussiya» bilan birgalikda «Bundesliga»da g‘olib chiqqan davrlariga to‘g‘ri kelsa, ajab emas. Qahramonimiz Chexiya terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan (55 ta gol) futbolchi ham sanaladi. Koller 2004-yilda terma jamoasi bilan Yevropa chemionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan.

Lassina Traore

Ko‘plab futbol  muxlislarining yodida o‘zining baland bo‘yi bilan qolgan hujumchilardan yana biri. «SSKA», «Kuban», «Monako» singari klublarda o‘ynagan hujumchi qolgan futbolchilarga nisbatan tezkor sanaladi. Kariyerasini juda yaxshi boshlagan futbolchi o‘zustida ishlashdan to‘xtab qoldi va katta arenalarda ko‘rnimay qoldi. 204 sm bo‘yga ega hujumchilarga talab katta ekanligini hisobga olsak, uni hademay yana kuchli klublar safida ko‘rib qolsak ajab, emas.

Pol Millner

Dunyodagi eng bo‘yi baland futbolchi deya rasman tan olingan shimoliy irlandiyalik futbolchi. Uning bo‘yining balandligi 207 sm ni tashkil etadi. Qahramonimiz o‘z faoliyatini Shotlandiya chempionatining ikkinchi ligasida o‘tkazmoqda. Pol bundan tashqari qariyib 10 yildan beri o‘t o‘chiruvchi sifatida mehnat ham qilmoqda. Bir qarashda yarim professional ko‘ringan futbolchi o‘z kariyerasi davomida 100 dan ortiq gollar muallifi bo‘lishga ulgurdi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:28, 25.03.2019.
O'qildi: 11048 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.