Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiya milliy terma jamoasi nazariy jihatdan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Bu holat jamoaning Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘tish bahsidagi mag‘lubiyatiga qaramay yuzaga kelishi ehtimoli bor, deya xabar bermoqda Sports.kz (Eurosport manbasiga tayanib).

Manbaga ko‘ra, vaziyat Eron terma jamoasining AQSH bilan bo‘layotgan harbiy mojaro sabab turnirda ishtirok etishdan voz kechishi ehtimoli bilan bog‘liq. Agar jamoa musobaqadan bosh tortsa, bo‘sh o‘rin paydo bo‘ladi va uni FIFA to‘ldirishiga to‘g‘ri keladi.

Qoidalarga muvofiq, terma jamoani almashtirish bo‘yicha qarorni faqat FIFA qabul qiladi. Variantlardan biri — Osiyodan boshqa bir jamoani taklif qilish, ammo qit’alararo pley-off o‘tkazish ssenariysi ham ko‘rib chiqilmoqda.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, FIFA saralashdan o‘ta olmagan jamoalar ishtirokida qo‘shimcha turnir tashkil qilishi mumkin. Bunday holda, FIFA reytingida 12-o‘rinni egallab turgan Italiya asosiy da’vogarlardan biriga aylanadi.

Qayd etilishicha, bunday amaliyot avval ham qo‘llangan. Masalan, o‘tgan yozda AQSHda bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Leon» musobaqadan chetlatilgan va uning o‘rnini «Los-Anjeles» hamda «Amerika» o‘rtasidagi o‘tish bahsi orqali aniqlangan edi.

Shu bilan birga, bunday ssenariy ehtimoli past deb baholanmoqda. Qaror oldindan qabul qilinishi lozim: FIFA qoidalariga ko‘ra, agar terma jamoa birinchi o‘yinga 30 kundan kam vaqt qolganda musobaqadan chiqsa, unga taxminan 500 ming yevro jarima qo‘llaniladi. Shu sababli yakuniy qaror 13 maygacha ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:10, 10.04.2026.
O'qildi: 7857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик