Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zPFL bosh direktori va uning yordamchisi «Metallurg»ning qarorgohiga bordi

O‘zPFL bosh direktori va uning yordamchisi «Metallurg»ning qarorgohiga bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zPFL bosh direktori va uning yordamchisi “Metallurg” klubi qarorgohiga bordi

Ular birinchi navbatda “O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori (klub prezidenti) bilan uchrashuvda ishtirok etgan.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, kombinat stadion, baza hamda klub akademiyasi uchun ajratilgan yer maydonini “Metallurg” futbol klubi balansiga o‘tkazib bergan. Demak, o‘z stadioniga ega bo‘lgan klublarimiz soni yana bittaga ko‘paygan (ma’lumotni yaxshilab tekshirib olish kerak).

PFL 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga klublaridan akademiya masalasini jiddiy talab qildi. Yakunda “Paxtakor”, “Metallurg”, AGMK va “Buxoro” futbol klublari akademiyalar uchun 1,25 milliard so‘m o‘tkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur klublar shu yil ham o‘z akademiyasini ishga tushirmasa, 2020 yilda bu summa ikki barobar ko‘payib, 2,5 milliard so‘mni tashkil qiladi (undan ko‘ra o‘z akademiyasiga ega bo‘lgani ming marta yaxshi).

“Metallurg” tomoni masalani yaxshi tushunib turibdi. Va nihoyat shuncha yil o‘tib, kombinat futbol akademiyasi uchun yer masalasini hal qilgan. Shu yil qurilish ishlarini to‘la yakunlash rejaga kiritilgan. Ya’ni, 2020 yilga qadar “Metallurg” ham o‘z futbol akademiyasiga ega bo‘ladi. Stadion maysasi o‘tgan mavsumdagidan ancha yaxshilangan, projektor muammolari hal etilgan.

“O‘zmetkombinat”da 13 mingga yaqin ishchi bor. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida stadionga jalb qilish ham mumkin. Bosh direktorlar bu masalani ham o‘zaro gaplashib olgan. “Metallurg” futbol klubi tomonidan 2019 yilgi mavsum uchun amalga oshirilgan ishlar bilan PFL rasmiy kanali orqali batafsilroq tanishish mumkin.

Diyor Imomxo‘jayev

 

Manba: Stadion
Kiritildi: 12:08, 26.03.2019.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик