Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Toshkentdagi tomosha

Toshkentdagi tomosha

Baho:
+2 | -

Hozirgina yakunlangan sahna asari stadionga yig‘ilgan muxlislarni sira quvontirmadi. Sababi, asar senariysi juda jo‘n yozilgani yetmagandek, asar so‘ngiga bormay voqealar rivoji qanday yakunlanishini ko‘pchilik sezib qoldi. Birinchi bo‘limda, e yo‘g‘e,  birinchi parda chog‘ida oqlardan biri sal qolsa improvizasiya qilib yuborishiga bir bahya qoldi…

Ikkinchi pardada  asarning kulminasion nuqtasini kutib,  tomoshani oxirigacha ko‘rgan muxlislarning  hafsalasi pir bo‘ldi. Bu sahna ko‘rinishidagi qahramonlar orasida  qurbonlar bo‘lmadi, hech kim alamli ko‘z yosh to‘kmagani yetmagandek, asar so‘ngida maqsadiga yetgan tomon ham ortiqcha emosiyalarsiz sahna ko‘rinishiga yakun yasadi...

Omadsiz yakunlangan spektaklda ko‘pchilik  aybni rejissyordan qidirishi aniq. Mahalliy yigitlarni yangi darajaga olib chiqishi kutilgan horijlik mutaxassis juda saviyasiz  sahna ko‘rinishi evaziga o‘z obro‘siga putur yetkazib qo‘ydi… Asosiysi, voqealar rivoji biz uchun ijobiy yakunlandi. Hozirgi holatimizda bundan boshqa narsa bilan o‘zimizni ovuta olmaymiz.  Nima ham der edik…

Hazil o‘z yo‘liga, biroq tanganing ikkinchi tomoni ko‘pchilikning e’tiboridan tashqarida qolmoqda.  Tailandda bo‘lib o‘tadigan turnirga akalarining sharofati bilan «Amaldagi chempionlar» unvoni bilan tashrif buyuradigan Olimpiya terma jamoamizning yigitlaridan bu tarzda foydalanish to‘g‘rimikan? O‘zbek futbolida aynan shu illatga qarshi ochiqchasiga kurash borayotgan bir paytda bu tomosha ko‘pchilikda shubha uyg‘otdi.

Katta yo‘l oldida turgan yigitlarimiz shu yoshidanoq futbol nayranglariga aralashib qolishmadimi?  Balki, bu uchrashuv aslida bizga ko‘ringandek o‘tmagandir, balki bizga shunday tuyulgandir, yana kim biladi deysiz? Uchrashuv qanday o‘tganini hamma ko‘rdi va o‘zi uchun xulosa chiqardi. Ilohim, shubhalarim xato bo‘lib chiqsin. Aks holda, bunday boshlangan yo‘lning oxiri ko‘pincha  manzilga olib bormaydi.

Y.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:52, 26.03.2019.
O'qildi: 11929 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.