Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Bekobodda yangi mavsum boshlanishiga 2 kun qoldi

Bekobodda yangi mavsum boshlanishiga 2 kun qoldi

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 2-turidan o‘rin egallagan “Metallurg” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanishiga ikki kun qoldi. Bekobodda XXVIII milliy chempionatning tantanali ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Metallurg” markaziy stadioni muxlislarni o‘z bag‘riga olishga shay. Maydonning holati ideal darajada. Buni O‘zPFL rahbariyati ham Bekobodga kelib, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, amin bo‘lib qaytishdi.

Ertaga yoshlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv “Metallurg” (sobiq A.Anoxin nomidagi) stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi. Futbol ishqibozlari uchun futbol bayrami esa ancha erta “start” oladi. “Metallurg” futbol klubi yangi mavsum ochilishi hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan futbol ishqibozlari uchun osh dasturxonini tashkil etayapti. Bayram dasturxoni 28 mart kuni soat 11:30 da “Metallurg” markaziy stadionini yonginasida joylashgan “Ziyoda” to‘yxonasi – restoranida yoziladi. Kun davomida “Metallurg” markaziy stadioni chiptaxonalari, klub atributikalari savdo do‘koni, yengil tamaddixonalar, “Metallurg” tarixi muzeyi ishlab turadi.

Bu jarayon 29 mart kuni ham davom etadi. “Buxoro” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan san’at ustalarining konsert dasturi muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Klub ma’muriyati jamoaning eng fidoyi ishqibozlari uchun yana bir qulaylik yaratmoqda. VIP tribunaga qarama qarshi tomonda joylashgan, “Metallurg” fan klubi a’zolari o‘tiradigan tribunalarning barchasiga kirish imtiyozli tarzda bo‘ladi. G‘arbiy tribunalarga esa chiptalar sotiladi. Bu yildan e’tiboran nogiron ishqibozlar uchun ham darvoza ortidagi sektorda maxsus joylar ajratildi. Unga nogironlar aravachalarida chiqish va joylashish muammosiz. O‘z navbatida futbol o‘yinlariga farzandlar, yaqin qarindosh, do‘stlar bilan tashrif buyuradiganlar uchun oilaviy sektorlar ham faoliyat ko‘rsatadi.

Bir so‘z bilan aytganda Bekobod katta futbol havosi bilan yashamoqda. Mahalliy ishqibozlarimizdan tashqari biz mamlakatimizning barcha futbol ishqibozlarini ham Bekobodga taklif etamiz. Yangi mavsum bayram tadbirlarimizda ishtirok eting, biz bilan birga bo‘ling!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:56, 27.03.2019.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.