Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

AFC U23. O‘zbekiston qur’ada 1-savatchada bo‘ladi

AFC U23. O‘zbekiston qur’ada 1-savatchada bo‘ladi

Baho:
+1 | -

Shu yilning 22-26 mart kunlari Osiyo mamlakatlari bo‘ylab 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yo‘llanmalari uchun saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. Kelasi yili Tailandda o‘tadigan qit’a chempionatida ishtirok etadigan 16ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi.

Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Unga Tailandning Bangkok shahridagi "Rajamangala" (49722 muxlis) va "Milliy" (19793) hamda Patum Tani shahridagi "Tammasat" (25000) va "Leo" (10114) stadionlari mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va jamoalar 4tadan 4ta guruhga taqsimlanishadi. Qur’adan avval jamoalar 4ta savatchaga ajratiladi. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyoning amaldagi chempioni hisoblanadi. Shu bois, jamoamiz 1-savatchadan o‘rin oladi. Tailand terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida 1-savatcha orqali "A" guruhidan o‘rin oladi. Shuningdek, avvalgi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi OCHda finalga chiqqan Vyetnam va yarim finalgacha yetib kelgan Qatar ham 1-savatchadan o‘rin olishdi. Demak, O‘zbekiston bu jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olmaydi.

Savatchalar tarkibi esa quyidagicha:

1-savatcha: Tailand, O‘zbekiston, Vyetnam, Qatar.
2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR.
3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni.
4-savatcha: Suriya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn.

Chorak finalda "A" va "V" hamda "S" va "D" guruhlarida 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ushbu musobaqada dastlabki 3ta o‘rinni egallagan terma jamoalar Tokio-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi. Agar Yaponiya guruh bosqichi va chorak finaldan muvaffaq o‘tsa, u holda yarim finalga chiqqan barcha jamoalar olimpiadaga yo‘l olishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:02, 27.03.2019.
O'qildi: 8579 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.