Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Qo‘qon-1912» yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

«Qo‘qon-1912» yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

Baho:
+ | -1

“Qo‘qon-1912” futbol klubi Qo‘qon shahrida o‘z muxlislari bilan uchrashdi. Uchrashuv Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tdi. 

"Qo‘qon-1912" jamoasining futbolchilari va jamoa rahbariyati  muxlislaring olqishlari hamda jamoa gimni sadolari ostida stadionga chiqib kelishdi.  

Dastlabki so‘z jamoa prezidenti Baxtiyorjon Tolipovga berildi. 

“Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Bugun sizlar bilan uchrashib, an’anaga  ko‘ra yangi mavsum oldidan jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yangi o‘yinchilarni tanishtirish hamda siz azizlar bilan fikr almashish uchun bu joyga yig‘ildik. Kelayotgan mavsumga tayorgarlik ko‘rishda  murabbiylarimiz juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishdi.

O‘ylaymanki siz aziz muxlislarni o‘zlarining chiroyli o‘yinlari va g‘alabalari bilan  xursand qila oladigan tarkibni jamlay oldik. Biz bu mavsumda nafaqat Qo‘qon shahri balki Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilamiz.

Bu narsa bizga yanada ko‘proq ma’suliyat yuklaydi.  "Markaziy" stadionimizda ham PFL talablaridan kelib chiqib katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Maydon maysasi to‘liq yangilandi. Shuning uchun vaqtincha raqiblarimizni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida qabul qilamiz.  Mutaxassislar bilan maslaxatlashgan holda may oyining ikkinchi yarmida yoki iyun oyidan boshlab o‘z maydonimizda raqiblarni qabul qilamiz.

Kelayotgan mavsumda jamoamiz har yilgidan yuqori maqsadlarni ko‘zlab maydonga tushadi. Biz bu yil sovrinli o‘rinlar uchun kurashamiz” dedi Baxtiyorjon Tolipov. 

Shundan keyin qo‘qonliklar safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Boyan Knejevich, Milosh Nikolich, Jamshid Hasanov, Jasur Hasanov, Timur Hakimov, Timur Usmonov, Javohir Esonqulov va Shaxboz Erkinovlar keng ommaga rasman tanishtirildi.

Kim qaysi raqamda to‘p suradi: Boyan Knejevich - 89, Milosh Nikolich - 55, Jamshid Hasanov - 7, Jasur Hasanov - 16, Timur Hakimov - 11, Timur Usmonov - 21, Javohir Esonqulov - 13 va Shaxboz Erkinov – 22.

O‘tkazilgan tadbirda muxlislarimizga ham mikrofon taqdim qilindi. Ular jamoa rahbariyati va futbolchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Manba: Stadion
Kiritildi: 17:05, 27.03.2019.
O'qildi: 3096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.