Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Umid Ahmadjonov Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatiga 120dan ortiq kitob sovg‘a qildi

Umid Ahmadjonov Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatiga 120dan ortiq kitob sovg‘a qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi o‘rtasida savodxonlikni oshirish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan mehrni shakllantirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab rahbar xodimlar, vazirliklar va qo‘mitalar, yirik kompaniya va tashkilotlarga maktab-internatlar, institutlar va kutubxonalarga kitoblar sovg‘a qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatgan edi. Ushbu ko‘rsatma yuzasidan O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati (RIOZMI) kutubxonasiga 120dan ortiq kitob sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar orasidan Toxir Malik, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy Muhammad Yusuf kabi o‘zbek, A.S.Pushkin, M.YU.Lermontov, Sholoxov, L.Tolstoy, T.Drayzer, Artur Konan Doyl, Janni Rodari kabi xorij adabiyoti namoyondalari, qolaversa, Valeriy Lobanovskiy, Boris Arkadyevdek jahonga mashhur sport mutaxassislarining badiiy va ilmiy asarlari ham o‘rin olgan.

Haqiqiy sportchi bo‘lib yetishish uchun jismoniy tayyogarlikdan tashqari intellektual jihatdan ham yuqori salohiyatga ega bo‘lish kerak. Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz juda ham foydali ishni boshlab berdilar. Ishonamanki, savodxonligi yuqori bo‘lgan siz kabi sportchilar kelajakda bundanda yaxshi natijalar qayd etib, yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarasizlar”, – dedi Amid Ahmadjonov.

Shuningdek, MOQ rahbari RIOZMI faoliyati va olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Kamondan otish, sport kurashlari va bir qator sport turlari bilan shug‘ullanadigan yoshlar uchun ta’mirlanayotgan inshootlar va maydonlar bilan yaqindan tanishib, qilinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:49, 27.03.2019.
O'qildi: 3874 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.