Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Denis Cherishev: «Xixondan Madridga yayov borishga tayyor edim»

Denis Cherishev: «Xixondan Madridga yayov borishga tayyor edim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Rossiya termasi a’zosi, ayni payt ijara asosida «Valensiya» klubida to‘p surayotgan Denis Cherishev rossiyalik ham-kasblarimiz bilan suhbatda «Real»dagi faoliyati, milliy jamoadagi o‘zgarishlar va murabbiylari haqida so‘z yuritdi.

Sobiq klubdoshlari haqida

- 11 yoshligimda bo‘sh vaqtimni Nacho Fernandes va Markos Alonso bilan birga o‘tkazardim. Hozir kam ko‘rishamiz, asosan bir-birimizni tug‘ilgan kun bilan tabriklaymiz. Yaqinda Nacho o‘g‘il farzandli bo‘lganida, unga yozgandim. Umuman, maydonda to‘qnash kelganimizda gaplashamiz. Telefonimdagi ro‘yxatda raqami bor eng yorqin yulduz - Luka Modrich. Uni «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgani bilan tabriklaganimda, u ham javob yozgandi.

Otasi haqida

- Ispaniyaga borganimda, otam Xixonning «Sporting» klubida o‘ynardi, men ham shu jamoada mashg‘ulotlarni boshlaganman. Otam menga yordam berish uchun faoliyatini ertaroq tugatgani - bor gap. Aynan uning sa’y-harakatlari tufayli faoliyatimni yo‘lga qo‘ydim. Meni «Real»ga chaqirishganida, otam 33 yoshda edi, unga La Liga va Segundadan takliflar tushgandi. U murabbiylikka o‘qishni xohladi, ammo mening o‘yinim yaxshi chiqishi uchun o‘z faoliyatidan voz kechdi. Dastlab Madridga yakka o‘zim borishim mumkin edi, biroq 11 yoshda ekanligimni inobatga olib, ota-onam birga yashashimiz kerak degan xulosaga kelishdi. Xayriyatki, hammasini uddaladik.

«Real»dan taklif olgani haqida

- Otamga Xixondan Madridgacha bo‘lgan 500 kilometr masofani yayov bosib o‘tishim mumkinligini aytgandim. «Real»dagi ilk kunim yodimda, avtobusda ketayotganda o‘ylanib qolgandim: «Eng yaxshi 11 futbolchi shu yerga to‘plangan bo‘lsa kerak». Avvaliga biroz asabiylashganman, ammo to‘pni menga berishganida, hammasini unutganman.

Hali Rossiyaga qaytmaydi

- Zobnin va Kutyopov «Spartak»ka chaqirishdi, hazil tariqasida. O‘ylashimcha, hali qaytishga erta. Kuchli chempionatlarda yanada rivojlanish uchun kuchim yetadi, deb hisoblayman. La Liga - top chempionatlardan biri, u yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

Ronaldu haqida

- U hamisha mashg‘ulot o‘tkazardi, hattoki, uyida ham. Tonggi soat 3-4larda qayergadir borsak, muzdekkina suvga tushib, tiklanardi. Haqiqiy professional. Ronaldu bilan birga o‘ynayotganimizda, Irina Sheyk bilan uchrashib yurardi, ko‘pincha rus so‘zlardan foydalanardi: «vilka», «lojka»...

Mourinyomi, Zidanmi yoki Cherchesov?

- So‘zsiz Stanislav Salamovichni tanlayman. U termaga chaqirilmaganimda ham men bilan aloqani uzmagandi. «Vilyarreal»da kam o‘ynayotganimni o‘zim ham tushunib turardim. Ammo u baribir qo‘ng‘iroq qilib, o‘zimni qanday sezayotganim bilan qiziqardi.

Mundialdagi ishtiroki haqida

- Men nima qildim? Hech nima. Jahon chempionati ajoyib o‘tdi, ammo buni bir chetga surib, izlanishda davom etish kerak. Oldinda Yevro saralashidagi muhim o‘yinlar kutmoqda.

JCHdagi Rossiya termasining siri nimada?

- Cherchesov finalga yetib borishimizga oxirigacha ishondi. U bilan o‘tkazgan har bir kunimizda biz ham bunga ishona boshladik. Guruhdan chiqqanimizda, juda quvondik, ammo murabbiy shunday dedi: «Bu boshlanishi, xolos, oldinga intilishda davom etishimiz kerak». Har qanday raqibni yenga olishimizga, murabbiyga ishondik, u esa bizga ishondi. Esimda, Misrga qarshi bahsdagi g‘alabadan keyin otam bilan birga tushlik qildik. Avvallari o‘yinim qovushmaganini esladik, hozir hammasi boshqacha ekanidan quvondik.

Rossiyaliklardan qaysi biri «Real» darajasiga chiqa oladi?

- Golovin, Axmetov. Ular uddalashadi, faqat imkoniyat berilsa, bas. O‘ylashimcha, termamizdagilardan birinchi bo‘lib Yevropaga yo‘l oladiganlar - Zobnin va Fernandes. Romaning qilayotgan ishlarini ko‘rib, har qanday chempionatda o‘ynab ketishiga ko‘zim yetadi.

«Real»dan ketgani ayni muddao

- Denis jahon chempionatidagi ishtirokdan rohat oldi. Agar «Real»dan ketmaganida, bunday sharafga muyassar bo‘larmidi, noma’lum, - deydi Dmitriy Cherishev. - Stas Cherchesov faqat o‘yin amaliyoti ko‘proq o‘yinchilarni tanlaydi. Denis ham ulardan biri edi, ko‘p gol urayotgandi. Shunday ekan, «Qirollik klubi»ni tark etgani uchun mundialda qatnashish imkoniyati tug‘ildi, deyish mumkin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:54, 29.03.2019.
O'qildi: 2131 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.