Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

O‘smirlarimiz ITF jamoaviy chempionatida kortga chiqishadi

O‘smirlarimiz ITF jamoaviy chempionatida kortga chiqishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, 28 mart kuni tennis bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yana bir yirik musobaqada ishtirok etish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi. Kuala-Lumpur shahrida ushbu sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi ITF jamoaviy chempionatida mamlakatimizdan 6 nafar yosh raketka ustasi qatnashishi kutilmoqda.

Mazkur chempionatda yurtimiz sharafini o‘g‘il bolalardan Amir Milushev, Boburmirzo Yoqubjonov, Qodirjon Odilov, qizlardan Maftunabonu Qahramonova, Shahnoza Marimova hamda Munisa Ashurbekovalar himoya qilishadi. O‘zbekiston tennis federasiyasi tomonidan musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga yuborilgan buyurtmada zaxiradagi sportchi Ismoil Turdiyevning nomi ham qayd etilgan.

E’tiborli tomoni Malayziyaga jo‘nab ketgan tarkibimiz asosini 14 yoshli tennischilar tashkil etgan, birgina Shahnoza Marimova 13 yoshda. Shuningdek, 6 sportchimizning 5 nafari Tennis bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi tarbiyalanuvchilari ekanligini ham ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tish mumkin. Yagona tennischimiz, Qodirjon Odilov Farg‘ona viloyati sport o‘yinlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulot olib boradi.

Turnir davomida vakillarimizga Farrux Obidov va Muhammadrizo Saidxo‘jayev murabbiylik qilishadi.

Natijalar haqida xabar berib boramiz.

Kiritildi: 10:37, 29.03.2019.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.