Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Otabek Shukurov Londonda operasiya qilinadi

Otabek Shukurov Londonda operasiya qilinadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.   Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani va u kamida 2 oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Milliy terma jamoa shifokorlari mahalliy shifoxonada Otabek Shukurovga dastlabki tibbiyo yordamni ko‘rsatgach, futbolchi davolanishni davom ettirish uchun o‘z klubi ixtiyoriga yo‘l oldi. Chunki bunday hollarda futbolchi jarohatini davolash uchun klub bilan maslahatlashgan holda ish tutishi talab etilardi. "Sharja" klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko‘zdan kechirib, operasiya orqali davolashga qaror qilishdi. Endilikda futbolchimiz Londonda operasiya qilinadi. Hozirda u hujjatlar bilan bog‘liq rasmiyatchiliklar tugashini kutmoqda.

Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan Xitoy milliy terma jamoasi va "Guanchjou Evergrand" klubi hujumchisi Vei Shi Xao o‘yindan keyin futbolchimizning oldiga kelib, undan uzr so‘rab, qilgan ishi uchun pushaymon ekanini ma’lum qilgandi. Qolaversa, Xitoy terma jamoasi yordamchi murabbiyi, shifokori, menejeri ham Otabek Shukurovdan xabar olib, futbolchilarining harakatlaridan afsusda ekanliklarini aytib o‘tishgandi. 


Shunga qaramay, "Guanchjou Evergrand" klubi futbolchisining Shukurovga nisbatan qo‘polligini qattiq qoralab, Vei Shi Xaoni klub o‘yinlaridan chetlatgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qolaversa, Vei Shi Xao harakatlari o‘rganib chiqilib, futbolchi bir umrga futboldan chetlatilishi ham mumkinligi e’lon qilingandi. 

Terma jamoamiz yarim himoyachisi bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi: "Jarohatdan so‘ng mavsumning qolgan qismida klubimga yordam bera olmasligimni bilib, juda ham tushkunlikka tushib qolgandim. Do‘stlarim, muxlislarim meni qo‘llab-quvvatlashi natijasida tushkunlikni bir oz bo‘lsada yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldim. Ammo menga jarohat yetkazgan Ve Shi Xao klubi tomonidan jazolanganini, ma’lum muddat maydonga tusha olmasligini eshitganimdan keyin yana xafa bo‘ldim. Kelajakka katta umidlar bilan boquvchi yosh futbolchi sifatida maydonga tusha olmay, futboldan chetda bo‘lish qanchalik katta fojea ekanini yaxshi bilaman. Professional futbolchi sifatida futbolda jismoniy to‘qnashuvlar tabiiy ekanini tushunaman, Vei Shi Xao o‘yindan keyin oldimga kelib, uzr so‘raganda, men uning uzrini qabul qilganman. Shu sababli men "Guanchjou Evergrand" klubiga rasman murojaat qilib, futbolchiga belgilangan jazo chorasini yumshatishni so‘rab qolgan bo‘lardim".

Manba: Stadion
Kiritildi: 10:49, 29.03.2019.
O'qildi: 2698 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.