Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Saxovatpesha Azmun toshqin jabrdiydalariga yordam qo‘lini cho‘zdi

Saxovatpesha Azmun toshqin jabrdiydalariga yordam qo‘lini cho‘zdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hamda Eron termasi futbolchisi Sardor Azmun milliy jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hamyurtlariga yordam qo‘lini cho‘zdi.

So‘nggi paytlarda Eronning shimoliy qismida tez-tez suv toshqinlari kuzatilmoqda va ayni damda seldan jabrlanganlar soni yuz minglab kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mahalliy organlar xabar berishgan.

Bundan tashqari, bir sutka ichida birdaniga Eronning 13ta provinsiyasi qor bo‘ronlari va sel kuzatilgan.

Mart oyi oxirlariga belgilangan FIFA kunlarida Osiyo kubogi-2019 yarim finalchilaridan biri - Eron termasi o‘yin o‘tkazmay, dam olishga qaror qildi. Shu bois «Zenit» forvardi Sardor Azmun ta’til davomida qadrdon go‘shalariga bordi.

Bu futbolchi Golestan provinsiyasidagi Gombede-Kavus shahrida tug‘ilgan. Aynan Golestanda eronlik hujumchi mahalliy aholiga xayriya yordam ko‘rsatdi: suv toshqinlari bo‘lgan ko‘chalarni maxsus qayiqda kezib chiqdi, suv, oziq-ovqat va dori-darmonlar tashidi, gumanitar ko‘mak tarqatdi, turli aksiyalarda qatnashdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:57, 29.03.2019.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик