Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Birinchilik davri» yoxud Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli film (VIDEO)

«Birinchilik davri» yoxud Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli film (VIDEO)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FF sobiq matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev marhum O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov haqidagi hujjatli filmni taqdim etdi.

"2017 yil Mirabror aka O‘zbekiston Futbol Federasiyasidan ketishi aniq bo‘lgach, chaqirib «mendan keyin farzandlarim, nabiralarim ko‘rishi uchun» qisqa bir videofilm qilib berishni so‘radi. Filmki, Mirabror Usmonovning futbolda amalga oshirgan ishlari haqida. 
Avvaliga oilaviy davra uchun qisqa metrajli film uchun harakat boshlandi. Lekin, ssenariy rivojlanishi natijasida bu loyiha kichik bir xujjatli filmga aylana boshladi. Mohir rejissyor Farrux Rasulov ham filmning tobora kengayib borayotganini ko‘rib, xujjatli film qilish taklifini berdi

Shu tariqa 5-10 daqiqalik fotosuratlarning ketma-ketligidan iborat juda bir oddiy filmdan salkam 50 daqiqali xujjatli film dunyoga keldi. Uning ustida Farrux Rasulov boshchiligidagi texnik guruh ish olib bordi. 2017 yil avgust oyida suratga olish ishlari tugab, film tayyor bo‘ldi.

Orada O‘zbekiston Futbol Federasiyasining saylov konferensiyasi tugab, Mirabror aka prezidentlikni Umid Ahmadjonovga topshirdilar. U kishining o‘zi hayotining oxirgi kunlarigacha o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsalarda, futbolni unuta olmadi; bir armon bilan yashadi: jahon chempionati armoni…

Film sifatli kameralarda suratga olingan, yaxshi montaj qilingan edi. Har qanday telekanalning arxivini, efirini bezab bera olardi, chamamda. Bir kuni Mirabror akaga «balki, filmni teleekranlarda namoyish qilarmiz» deganimda, rozi bo‘lmadilar. «Vaqti keladi, o‘zim aytaman», dedilar.

… va aytmay ketdilar. Keyin ma’lum bo‘lishicha, biz Farrux bilan birga ishlagan ushbu film aynan bugungi namoyish uchun qilingan ekan. Film shu kunlarda namoyish etilmasa, o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan, o‘z maqsadiga erishmagan bo‘ladi. Chunki, bugun Mirabror Usmonov oramizda yo‘q", - deb yozadi Sanjar Rizayev tvitterdagi o‘z sahifasida.

Quyida ushbu filmni tomosha qiling. 

Manba: Stadion
Kiritildi: 21:55, 29.03.2019.
O'qildi: 2694 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик