Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Metallurg» yubileylar arafasida

«Metallurg» yubileylar arafasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun mamlakat milliy chempionati –  Superligada 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Birozdan so‘ng Termizda Superliga debyutantlari – “Surxon” va “Dinamo” o‘zaro kuch sinashsa, soat 19:00 da Toshkentda muxlislar “Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvining guvohi bo‘lishadi.
Kecha ham O‘zbekiston Superligasi 2-turida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tgan edi. "Meallurg" Bekobodda "Buxoro"ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirganligini yaxshi bilasiz. Undan oldinroq esa Navoiyda “Qizilqum” poytaxt viloyatining boshqa bir jamoasi – AGMKni ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etdi – 3:1.
Kechagi o‘yinlarga oid qiziqarli ma’lumotlar: dastavval "Metallurg"ga tegishlilariga to‘xtalsak.

Rossiyalik legioner Sergey Tumasyan O‘zbekiston chempionatidagi ilk golini kiritdi. Tajribali Server Jeparov esa milliy chempionatimizdagi gollari sonini 98 taga yetkazib oldi.

Uning umuman mamlakatimiz klublari safida kiritgan barcha gollari soni (O‘zbekiston chempionati, kubogi, terma jamoa va klublar safida xalqaro maydonlarda kiritgan gollari) 165-taga yetdi. Bundan tashqari Server Jeparov 2 yilu, 7 oy va 21 kundan (yoki 963 kun) so‘ng yana O‘zbekiston chempionatida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Server so‘nggi marta 2016 yil 8 avgust kuni "Lokomotiv" safida "Andijon" darvozasiga gol urgan edi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 13:53, 30.03.2019.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик