Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Messi: «O‘g‘lim mendan nima uchun meni o‘ldirishni xohlashayotganini so‘radi»

Messi: «O‘g‘lim mendan nima uchun meni o‘ldirishni xohlashayotganini so‘radi»

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi sardori Lionel Messi ijtimoiy tarmoqda unga nisbatan qilinayotgan tanqidlar, tahdidlar va yozilayotgan yolg‘onlarni to‘xtatishlarini so‘radi.

 Argentinalik futbolchi Club Octubre 94.7 FM radiosiga bergan intervyusida o‘zi uchun o‘tgan hafta qiyin o‘tgani va unga o‘lim bilan tahdid qilishgani, hatto o‘g‘li ham ommaviy axborot vositalaridagi salbiy izohlardan xabardor ekanligini aytib o‘tgan, deb yozmoqda Goal nashri.

 “Bu juda og‘ir, o‘g‘lim doim YouTubeda video tomosha qiladi, – dedi u. – Tiago mendan Argentinada nima uchun meni o‘ldirishni xohlashayotganini so‘radi.  Lekin menga faoliyatimni terma jamoada davom ettirish yoqadi.

Milliy terma jamoa bilan birga g‘alaba qozonishni istayman. Barcha muhim o‘yinlarda o‘ynashga tayyorman. Biz allaqachon Jahon kubogi finalida o‘ynaganmiz va bu oson ish emas”, – deydi Messi. 

U Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabini o‘zgartirilishida qo‘li borligi haqidagi xabarlarni inkor etib: “Men haqimda aytgan barcha yolg‘onlarini haqiqatga aylantirmoqchi emasman.   Hech qachon milliy terma jamoa murabbiylari haqida qaror qabul qilmaganman.

Ammo bunday yomon xabarlarni eshitmoqdaman. Bu men uchun juda qiyin jarayon.   Agar Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lganimizda, hozir bunday voqealar guvohi bo‘lmagan bo‘lardik.

Biz juda kichik detallar evaziga mag‘lub bo‘ldik. Va buni matbuotda turlicha talqin qilishdi. Menimcha, matbuot boshqacharoq tarzda ish tutishi kerak edi”, – dedi futbolchi.  

Messi, shuningdek, “Albiceleste” murabbiyi Lionel Skalonining terma jamoani Copa America turniri uchun qay darajada tayyorlayotgani va jamoa g‘alaba qozonish uchun murabbiy ko‘proq tajribaga muhtoj ekanligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.   Lionel-Scaloni.jpg “Futbolchilar bilishi kerakki, oldimizda yettita yoki sakkizta o‘yin bor xolos va buni yaxshi tushungan holda sabr-toqatli bo‘lishimiz kerak”, – deydi argentinalik forvard.   Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina termasining Venesuelaga qarshi kechgan o‘yinida jarohat olgan edi.   Hujumchi ushbu jarohatdan tezda sog‘ayib, mashg‘ulotlarda ishtirok etayotganligi hamda La Liga doirasida “Espanyol”ga qarshi Kataloniya derbisida maydonga tushishi haqida ma’lumot berildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:54, 30.03.2019.
O'qildi: 4448 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик