Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. «Nasaf» – «So‘g‘diyona»

Bugun futbol. «Nasaf» – «So‘g‘diyona»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Nasaf” bugun bu yilgi Coca Cola Superligasining 2-tur uchrashuvini o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Nasaf” bugun bu yilgi uy uchrashuvlarini boshlab beradi. Uchrashuv “Markaziy” stadionimizda soat 19:15da boshlanadi. Albatta, stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari, yangi mavsumning tantanali ochilish marosimi ishtirokchisiga ham aylanishadi.

“Nasaf” va “So‘g‘diyona” jamoalari milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 38 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 30ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. O‘zaro uchrashuvlarda 113 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik ham jamoamiz tomonida – 82:31.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro 19ta uchrashuvning 16tasida “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan, 2 marta “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alabaga erishgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida, golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 66ta gol kiritilgan. Albatta, “ajdarlar” ko‘proq gol urishga erishgan - 49:17.

“Nasaf” o‘z tarixida bugun oliy ligadagi 652-uchrashuvini o‘tkazadi, bo‘lib o‘tgan 361ta uchrashuvda g‘alaba, 126ta uchrashuvda durang va 164tasida mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati: 1165 – 725ni tashkil etadi.

Jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bosh murabbiylik faoliyatida, o‘z shogirdlarini bugun milliy chempionat doirasidagi 185-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi. Agar “ajdarlar” g‘alabaga erishsa, bu jamoamiz ustozining 110-g‘alabasi sifatida tarixdan joy oladi.

Bugungi uchrashuvda jamoamizga omad va g‘alaba yor bo‘lsin, deymiz!

Aziz muxlislarimizni esa “Markaziy” stadionimizga chorlaymiz va ajoyib futbol uchrashuvini tomosha qilib, yaxshi xordiq chiqarishini taklif etamiz!

Kiritildi: 09:08, 31.03.2019.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик