Futbol olamidagi nashrlar yozda bo‘lishi kutilayotgan transferlar haqida bong urishni boshlab yubordi. Darhaqiqat, ko‘plab grandlar yozgi transfer oynasining ochilishini besabrlik bilan kutishmoqda, sababi yangilangan tarkib va yangi futbolchilar evaziga o‘z klublarining avvalgi darajasiga chiqib olishini juda istashmoqda. Shunday ekan, biz ham ishonchli manbalarga suyangan holda amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lgan trasnferlar haqida so‘z yuritamiz.
Paulo Dibala
Argentinalik futbolchi bu mavsumda sira o‘ziga o‘xshamayapti. O‘tgan mavsumda 10 ta assist va 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi bu mavsumda atigi 4 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. Ronalduning kelishi evaziga Alegri uni o‘ng qanot yarim himoyasiga ko‘chirdi. Dibala esa yangi pozisiyaga sira mos kelmayapti, kelmasa ham kerak. Shunday ekan, Dibala o‘z kelajagi uchun ham yozda klubni tark etishi shart. Uning uchun ko‘plab klublar qiziqsh bildirishmoqda…
«Inter»
Yangi investorlar klub postiga kelganida ko‘pchilik «Inter»ning ikkichi «PSJ» bo‘lishini kutgan edi. Biznesmen esa, sekin-astalik bilan klubni kuchaytirib borish yo‘lidan ketmoqda. «Inter» o‘tgan maqolalarimizdan birida xabar berganimizdek, Ikardini yozda sotib yuboradi. «Inter» safida hozir Ikardining darajasidagi futbolchi yo‘q. Tan olish kerak, «Inter» Ikardining atrofida qurilgan taktikada maydonda harakat qilmoqda. Agar argentinalik futbolchi klubdan ketadigan bo‘lsa, bu uslub hech narsaga yaramay qoladi. Bu vaziyatdan olib chiqibketishning eng original yechimi bu - Dibalani harid qilish!
O‘z-o‘zidan «Inter» o‘z yetakchisini yaxshigina pullashi aniq. Bu esa, Dibala transferi uchun ortiqcha moliyaviy muammolardan qochish uchun imkoniyat yaratadi. Qisqacha qilib aytganda, bu transferdan hamma yutadi.
U Ronalduning soyasida qolib ketishdan cho‘chimoqda. Sababi Krish kelgach, transfer summasi keskin pasayib ketdi. Unga bo‘lgan ishonch ham tobora kamayib bormoqda. Dibala bu ishonch va muxlislar mehrini to‘liq boy bermasligi uchun ham klubdan ketishi talab etiladi.
«Liverpul»
Dibala «Palermo»da o‘ynab yurgan paytlarida «Liverpul» futbolchiga taklif bilan chiqqanidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Qariyib 5 yildan beri «qizillar» Paoloni kuzatib kelishmoqda. Uning o‘yin uslubi hozirda «Yuventus»nikiga mos kelmayotganidan unumli foydalanish maqsadida «Liverpul» futbolchini o‘ziga og‘dirishga urunib ko‘rishi aniq.
Bir qarashda hujumdagi uchlik samarali o‘ynab turgan bir paytda Dibala yana zahirada qoladimi degan haqli savol paydo bo‘lishi aniq, lekin bu mavsum Klopp bir nechta o‘yinlarda 4-2-3-1 taktikasida harakat qilganini hisobga olsak, Dibala yangi uslubga mos kelishi aniq. Sezgan bo‘lsangiz, bu mavsumda Saloh va Mane qanot hujumchisidan ko‘ra qanot yarim himoyachisi zonasiga yaqinroq o‘ynashmoqda. Firmino esa klassik 9-raqam ostida. Agar Dibala keladigan bo‘lsa, bu uslubga tayangan «Liverpul» qo‘rqinchli ko‘rinish oladi. Hujumchi ortida to‘p surish Paologa o‘z o‘yinini to‘liq namoyish etish imkonini beradi.
«Yuventus»da qolish
Albatta, zahirasida Dibaladek futbolchisi bo‘lishini kim ham xohlamaydi! Uning darajasidagi futbolchilarni hozirda topish juda qiyin. Afsuski, Alegri Ronaldu o‘zini yaxshi his qilishi uchun Dibalaning
pozisiyasini o‘zgartirishga majbur bolmoqda, ammo bu Dibala «Yuve»ga kerakmas degani emas. Alegrining o‘zi mavsum so‘ngida klubdan ketishi tahmin qilinmoqda. Bu esa, Dibalaga umid berishi aniq. Shunday ekan, futbolchining klubda qolish varianti ustida ham yaxshilab bosh qotirishi kerak ekanligini bildiradi. «Yuve» har doim ham katta transferlarga qo‘l uravermaydi agar, uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, Dibala darajasidagi futbolchini katta summaga harid qilishiga ishonish biroz qiyinroq.
Vaqt o‘tgani sayin Dibala o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib bormoqda. Bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li uni uni qaytarib olish sharti bilan kuchli klublar biriga ijaraga berish. «Yuve» bu yo‘l orqali o‘z futbolchisini yuqori formada ushlab turish imkoniga ega bo‘ladi. Zamonaviy futbolda bu juda muhim faktor!
Bu klublardan tashqari «Atletiko Madrid» klubi ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda, lekin Grizman bor ekan Dibalaga u yerda xojat yo‘q. Agar, «Atletiko Madrid» o‘z hujumchisini «Barselona»ga sotadigan bo‘lsagina Dibalani harid qilishga urinib ko‘radi, aks holda, bu haqida o‘ylab o‘tirish ham shart emas.