Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Salaning uchuvchisi kechasi uchish huquqiga ega bo‘lmagan

Salaning uchuvchisi kechasi uchish huquqiga ega bo‘lmagan

Baho:
+ | -

«Kardiff Siti» hujumchisi Emiliano Salani hayotdan olib ketgan aviahalokat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

BBC`ning xabar berishicha, layner uchuvchisi Devid Ibbotson daltonizmga chalingan bo‘lgan, ya’ni u ranglarni to‘liq ajrata olmagan. Ko‘rish sezgisida bunday defekti bo‘lgan pilotlarga sutkaning qorong‘i vaqtida parvozlarni amalga oshirish esa taqiqlangan.

Hozircha ushbu ma’lumot tasdiqlanmadi. Buyuk Britaniya Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi tergov o‘z ishini yakunlamagunga qadar bu haqda izoh berilmasligini ma’lum qilgan.

Avvalgi xabarlarda Ibbotson ushbu tijoriy parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagani, boisi unda faqat Buyuk Britaniya va AQSH hududidagina xususiy samolyotlarni boshqarishga ruxsat beruvchi lisenziya bo‘lgani aytilgandi. 

Tergov xulosasi 2020 yil boshida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, halokat 21 yanvarda bo‘lgan, o‘sha kuni bortida faqat Sala va uchuvchi bo‘lgan «Piper PA-46 Malibu» rusumli samolyot Fransiyaning Nant shahridan Uels poytaxti Kardiffga qarab yo‘lga chiqqach, manzilga yetishiga bir soat qolganida radarlardan yo‘qolib qolgandi. Samolyot so‘nggi marta 700 m balandlikda, Olderni orolidan 13 km uzoqlikda ekanida aloqada bo‘lgandi.

Havo kemasi qoldiqlari 3 fevral kuni La-Mansh bo‘g‘ozidan topildi. 67 metr chuqurlikdagi samolyot bortida aniqlangan jasad barmoq izlari orqali Salaga tegishli ekani tasdiqlandi. 60 yoshda bo‘lgan uchuvchi Devid Ibbotsonning jasadi esa hali topilganicha yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Kardiff» Salaga tijoriy parvoz tashkil qilib berishni taklif qilgan, ammo futbolchi bunga qadar o‘zi boshqa samolyotni buyurtma qilib bo‘lganini aytgan. Parvozni agent Uilli Makkey tashkil etgan, u na samolyot va na uchuvchini tanlashda qatnashmaganini aytmoqda. 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

Manba: KUN
Kiritildi: 10:46, 31.03.2019.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик