Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bo‘zsuv kanalida slalom bahslari qizg‘in davom etmoqda

Bo‘zsuv kanalida slalom bahslari qizg‘in davom etmoqda

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, poytaximizdagi Bo‘zsuv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha Respublika turniri bo‘lib o‘tmoqda.

3 kun davom etishi belgilangan mazkur musobaqada Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridan kelgan slalomchilar o‘z mahoratini namoyish etishyapti.

Ta’kidlash joiz, mazkur start murabbiylarga mavsum avvalidan sportchilarning jismoniy va texnik holatini ko‘zdan kechirib olish imkoniyatini beradi. Musobaqaning dastlabki ikki kun dasturida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar quyidagicha:

Kayak maxsus slalomda:
1-o‘rin: David Ernest, (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Barkamol Mirzahamdamov (Namangan viloyati)
3-o‘rin: Jonibek Temirgaliyev (Toshkent shahri)

Kanoe maxsus slalomda:
1-o‘rin: Alibek Temirgaliyev (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Ismoil Abdumanapov (Toshkent shahri)
3-o‘rin: Abubakr Bukanov (Toshkent shahri)

Kayak maxsus slalomda qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin: Yuliya Platonova (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Saidaxon Yo‘ldosheva (Andijon viloyati)
3-o‘rin: Sevara Akbarova (Toshkent shahri)

Kanoe bo‘yicha maxsus slalomda qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin: Aleksandra Famenkova (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Odinaxon Temirova (Andijon viloyati)
3-o‘rin: Gulandon Aliqo‘ziyeva (Farg‘ona viloyati)

Kayakda jamoaviy bellashuvda:
1-o‘rin: Toshkent shahri
2-o‘rin: Samarqand viloyati
3-o‘rin: Farg‘ona viloyati

Kanoeda jamoaviy bellashuvda:
1-o‘rin: Samarqand viloyati
2-o‘rin: Namangan viloyati
3-o‘rin: Toshkent shahri

Turnir davom etmoqda. Ertaga mikst, juftlik va tezkor tushish bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:19, 31.03.2019.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик