Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Stadion.uz muxbirining savoli Shota Arveladzening jahlini chiqardi

Stadion.uz muxbirining savoli Shota Arveladzening jahlini chiqardi

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, kecha Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda “sherlar” 2:1 hisobida zafar quchdi.

O‘yindan keyin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida qatnashgan saytimiz muxbiri Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev “sherlar” ustozi Shota Arveladzega savol bilan murojaat qildi. Shota esa bu savolga jahl bilan javob qaytardi.

- Javohir Siddiqovni asosiy tarkibda o‘ynashga immkoniyati bormi?

- Albatta. Nima uchun unda qo‘ymayapman? Sidiqov jamoaga qachon kelganini bilasizmi? Javohir Osiyo kubogidan keyin jamoa bilan umuman shug‘ullanmagan. Zalda individual ravishda mashg‘ulot olib borgan. Bizga esa OCHL saralash bosqichi o‘yinlarini o‘tkazganimizdan so‘ng keldi. Futbolchi ham inson. Ularni o‘yinga, yangi mavsumga dastur asosida tayyorlab boriladi. Futbolchining mushaklari 90 daqiqa o‘ynashga chidamli bo‘lishi kerak.

Misol uchun men ham 10 yil avval futbol o‘ynaganman. Ammo hozir maydonga tushib yugurib ketolmayman.

Javohirni hech kim sindirmoqchi emas. Shuningdek MTJ bosh murabbbiyi Ektor Kuperga Sidiqovni terma jamoaga chaqirgani va unga o‘yin amaliyotini taqdim etgani uchun rahmat aytish kerak. Deyarli ikki oy yakka tartibda shug‘ullanib yurgan futbolchini tayyor holatga keltirganimizdan so‘ng unga ko‘proq imkoniyat taqdim etiladi. Chempionat endigina boshlandi. Hali Superliga karvoni uzoq. O‘rtada biroz to‘xtalish yuzaga keldi”, -deydi Shota Arveladze.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:24, 01.04.2019.
O'qildi: 10207 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик