Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

G‘iybat qilishni taqiqlagan murabbiy haqida eshitganmisiz!?

G‘iybat qilishni taqiqlagan murabbiy haqida eshitganmisiz!?

Baho:
+ | -

Futbol murabbiylari jamoaning natijalaridan tashqari ichki muhitiga ham javob berishi hech kimga sir emas. Murabbiylar ichki muhitni yaxshi uchlab turish orqali ijobiy natijaga erishish mumkin ekanligini yaxshi bilishadi. Balki shu sababli, ba’zan futbolchilar uchun cheklovlar qo‘yiladi. Bugun ana shunday man qilingan narsalar to‘g‘risida suhbatlashamiz

Aleks Fergyusson

27 yil mobaynida “Manchester Yunayted”ni super darajada ushlab tura olgan futbol dahosi ham futbolchilariga cheklovlar qo‘yib turgan ekan. Fergi bobo yoshlar tarkibida shug‘ullanayotgan futbolchilarga rangli butsilar kiyishni man qilgan ekan. Ular qachonki asosiy tarkibda maydonga tushishsa yoki o‘yin qaydnomasiga kiritilsagina o‘zlari istagan butsilardan foydalanishga ruxsat bergan ekan. Murabbiy shu orqali futbolchilarni erta yulduzlik kasalligiga chalinishining oldini olgan va ularni taqdirning zarbalaridan asragan bo‘lsa ajab emas.

Devid Moyes

Bu murabbiyning ko‘pchilik “Manchester Yunayted”dagi omadsiz mavsumi orqali xotirlaydi. Shunga qaramasdan, murabbiy “Everton” klubini uzoq muddat yuqori saviyada ushlab turgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgani aniq. Moyes o‘zi boshqargan klublarda futbolchilarga Chips va Fri ni butunlay taqiqlab qo‘ygan ekan. Bu taqiq “Everton” futbolchilari tomonidan jiddiy qabul qilgan va doimmi tarzda amal qilingan. “Manchester Yunayted”ning futbolchilari buni shunchaki aqlsizlik deya atashgan. Deyarli hech qaysi futbolchi murabbiyning taqiqiga jiddiy e’tibor qaratmagan… Balki, “qizil iblislar”ning badavlat futbolchilari soddagina murabbiyning taqiqlariga jiddiy yondoshmagani Fergyusson tomonidan o‘z o‘rniga tayinlangan murabbiyning iste’fosiga sabab bo‘lgandir? Yana kim biladi deysiz?!

Arsen Venger

“Arsenal” klubini 20 yildan ortiqroq boshqargan fransuz jamoaga ilk kelgan kunlaridayoq ikkita narsani futbolchilari uchun man qilgan ekan. Biri pivo bo‘lsa ikkinchisi “mars” shokoladi. Bunga ishonish qiyin ammo, bu fakt. Bu taqiqlar 10 yil davom etgan ekan. Keyinchalik futbolchilar shartnoma bandlariga hech qanday taqiq bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bandlarni kiritishni boshlashgach Venger o‘z qoidalaridan voz kechishga majbur bo‘lgan ekan… E’tibor berib qarasangiz “Arsenal”ning so‘nggi 10 ta mavsumdagi ko‘rsatgichlari rostdan ham avvalgilarinikidan biroz pastroq… Vengerga katta g‘alabalarga erishishga pivo va “mars” shokoladlari to‘sqinlik qilganiga ishonish qiyin… Yana bilmadim…

Nil Lenon

Bu murabbiy Britaniyada anchagina mashhur. U o‘z vaqtida “Seltik” klubidagi ajoyib mavsumlari orqali anchagina nom qozongan. Lennon “Bolton” klubida bir mavsum menenjer bo‘lib ishlaydi. U ilk mashg‘ulotidayoq futbolchilarga bosh kiyimlarda shug‘ullanishni man etadi. Buning sababini so‘rashganida u shunchaki bu qoida deb javob beradi. Uning futbolchilar uchun o‘rnatgan yana bir nechta qonunlari kuchga kirmasdan turib mavsum yarmida murabbiy o‘z lavozimini tark etadi. U hozirda o‘z vatanida faoliyat olib bormoqda

Paolo Di Kanio

G‘alvaning uyasi laqabi bilan mashhur bo‘lgan futbolchi murabbiylik sohasida ham eski odatlarini tashlaganicha yo‘q. U Juda qiyin ahvolda qolgan “Sanderlend” klubi boshqaruviga kelgach. Birinchi mashg‘ulot oldidan futbolchilarga ”Kofe”, ”Kola”, ”Fanta”, ”Ketchup”, ”Mayonez”ni taqiqlagani yetmagnidek g‘iybat qilishni ham ma’n etadi. Bir qarashda kulgili bo‘lsa-da bu o‘z samarasini beradi. Klub o‘sha mavsumda juda qiyin bo‘lsa-da APL da jon saqlab qoladi. Afsuski, Di Kanio o‘rnatgan qoidalar keyingi mavsumda futbolchilar tomonidan tez-tez chetlab o‘tila boshlanadi va ko‘p o‘tmay klub yana qiyin ahvolga tushib qoladi. Italiyalik murabbiyga esa chiqish eshiklari ko‘rsatib yuboriladi. Shunga qaramasdan, Paolo futbol ommasining yodida o‘zining noodatiy qarorlari bilan hali uzoq saqlanib qolishi aniq!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:27, 01.04.2019.
O'qildi: 5626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.