Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ixtiyor Toshpo‘latov: «Tanaffus foydamizga ishladi»

Ixtiyor Toshpo‘latov: «Tanaffus foydamizga ishladi»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Superligaga qaytgan Samarqandning «Dinamo» klubi chempionat boshida tarkibiga ko‘plab iqtidorli futbolchilarni jalb etdi. Ular orasida Ixtiyor Toshpo‘latov ham bor. Yaqinda mahoratli yarim himoyachidan intervyu olib, o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdik.

- «Dinamo»ning Superliga-2019da qatnashishini kutganmidingiz?

- Ochig‘i, yangi mavsumga «Mash’al» jamoasi safida taraddud ko‘rayotgandim. «Dinamo» elitaga qaytganidan so‘ng Davron Fayziyev qo‘ng‘iroq qilib, jamoaga taklif qildi. Ushbu mutaxassis bilan «So‘g‘diyona»da birga ishlaganmiz, u imkoniyatlarimdan yaxshi xabardor. Shu bois jamoaga tezda kirishib ketdim.

- Shunday «sovg‘a»ga tayyormiding­lar?

- To‘g‘risi, kutmagandik. Oraliq tanaffus bo‘lgani, albatta, foydamizga ishlamoqda. Superligaga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rolmadik. Mana endi, xato va kamchiliklarimiz ustida ishlayapmiz. Yangi futbolchilar bilan iloji boricha tezroq chiqishib ketishga harakat qilyapman. Samarqand ahli katta futbolni sog‘ingani bilinib turibdi. Oddiy misol, tanishtiruv marosimining o‘ziga 650dan ziyod muxlis tashrif buyurdi. «Nasaf» bilan o‘yinda haqiqiy anshlag kuzatildi. O‘zimiz ham futboldan zavq olib o‘ynadik. Ishqibozlar ko‘pligi - bizning yutug‘imiz.

- O‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ygansiz?

- Hujumchi birinchi navbatda ko‘proq gol urishi kerak. Men ham joriy mavsum kamida 15 marta to‘p kiritmoqchiman. Jamoamiz o‘z oldiga yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, mazmunli futbol ko‘rsatish, stadionga tomoshabinlarni jalb etish niyatida.

- Yaponiya, Janubiy Koreya singari mamlakatlarda futbolchilarni yoshligidan xorij jamoalariga yuborishadi. Bizning o‘yinchilarga Yevropa klublarida to‘p surish uchun nima to‘s­qinlik qiladi?

- Qiyin savol. Asta-sekin bu borada ham oldinga qadam tashlanyapti. Qolaversa, Yevropa va Osiyo futboli o‘rtasida katta farq bor. Menimcha, dastlab o‘rtamiyona klublarda tajriba orttirib, so‘ng kuchli jamoalar safiga qo‘shilish lozim. Umuman, futbolchilarimizning top ligalarda o‘zlarini ko‘rsatishlariga ishonaman.

- Olimpiya terma jamoasining saralash bahslaridagi ishtiroki haqida nima deysiz?

- Ular mazkur saralashga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rib kelishayotgandi. Tarkibda bir qator yosh va umidli futbolchilar borligi ko‘rinib turibdi. Shuningdek, serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich ham qisqa fursatda yigitlarni yaxshi tayyorlay olgan. Ular ko‘rsatgan o‘yin menga yoqdi, ikki bahsda ham raqiblarini to‘psiz qoldirib, katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Raqib qancha ko‘p to‘psiz yugursa, shuncha tez toliqadi. Bu eng to‘g‘ri tanlangan uslubdir. Faqatgina yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘proq ishlansa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

- Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash oson bo‘lmaydi. Nima deb o‘ylaysiz, 2020 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadiga musobaqada vakillarimiz asosiy vazifani bajara olisharmikan?

- Nima uchun shunday bo‘lmasligi kerak? Shu yosh toifasidagi avvalgi Osiyo chempionatida jamoamiz Yaponiya, Janubiy Koreya singari termalarni mag‘lub etib, chempion bo‘lishini hech kim kutmagandi. Demak, bajarib bo‘lmaydigan ishning o‘zi yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:47, 01.04.2019.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.