Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudo musobaqalari taqvimiga yana bir «Katta dubulg‘a» turniri kiritildi

Dzyudo musobaqalari taqvimiga yana bir «Katta dubulg‘a» turniri kiritildi

Baho:
+ | -

Xalqaro dzyudo federasiyasi (XDF) bu yilgi taqvimiga o‘zgartirish kiritdi. Aniqrog‘i, tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha, endilikda musobaqalar qatoriga Brazilia “Katta dubulg‘a” turini ham qo‘shildi.

Ta’kidlash joiz, Braziliya dzyudo konfederasiyasi bu yil tashkil topganiga 50 yil to‘ladi va bu musobaqaning kiritilishi ushbu yubiley uchun kichik sovg‘a sifatida qaralmoqda.

Shu tariqa, 2019 yilning o‘zida “Katta dubulg‘a” turnirlari soni yetitaga yetadi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir. Bunday toifadagi musobaqalar g‘oliblari o‘z hisoblariga jahon va Olimpiada reytingida 1000 ochko qo‘shib qo‘yishadi. Demakki, bu dzyudochilar uchun yetarli darajadagi reyting ochkolarini jamg‘arib olish uchun qo‘shimcha imkoniyat.

Ma’lumot uchun, Braziliyada XDF tasarrufidagi so‘nggi musobaqa 2013 yili o‘tkazilib, o‘shanda Rio-de-Janeyro shahri jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. Brazilia “Katta dubulg‘a” turniri joriy yilning 6-8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 09:43, 03.04.2019.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик