Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Abdujamol Isroilov: «Istiqlol» ga qaytayotganimdan xursandman!»

Abdujamol Isroilov: «Istiqlol» ga qaytayotganimdan xursandman!»

Baho:
+ | -

“Navbahor” yarim himoyachi Abdujamol Isroilov “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Mashg‘ulotlar o‘zgacha ruhda, yevropacha uslubda kechmoqda. Unda barchamiz astoydil ishtirok etyapmiz. Oldingi turlardagi “Qo‘qon-1912” va “Lokomotiv” klublariga qarshi kechgan bahslarda g‘alaba qozona olmadik. 

Endi 6 aprel kuni “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o‘yinda zafar quchish, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha mahoratimizni ishga solamiz. 

Fursati kelganida ta’kidlash joizki, “qaldirg‘ochlar” bilan bo‘ladigan bahs Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida kechayotgani, ushbu o‘yingohga yana qaytayotganimdan xursandman. 

Boisi, avvalgi mavsumlarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi tarkibida 1,5 yil o‘ynaganman hamda ushbu o‘yingoh men uchun ancha qadrdon. Shuning uchun “Navbahor”ning joriy mavsumdagi ilk

g‘alabasini menga qadrli bo‘lgan stadionda nishonlasak, yanada yoqimli va quvonchli bo‘lardi. Ilohim, men uchun qadrli o‘yingoh bo‘lgan “Istiqlol” bizga omad keltirsin!

Jamoamiz muxlislarini 6 aprel kungi o‘yinga taklif etaman. Siz aziz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga ruhiy kuch-quvvat hamda zafar quchish uchun madad beradi. Kelayotgan shanba oqshomida bu yilgi ilk g‘alabamizni birgalikda nishonlash barchamizga nasib etsin, ilohim!”, - deydi Isroilov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 18:34, 03.04.2019.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик