Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

La liga. «Valensiya» Zidanga dastlabki mag‘lubiyatni tortiq etdi

La liga. «Valensiya» Zidanga dastlabki mag‘lubiyatni tortiq etdi

Baho:
+ | -

Zayniddin Zidan "Real"ga qaytganidan keyin uning g‘alabali o‘yinlar seriyasi uzoqqa cho‘zilmadi. «Valensiya» taktik jihatdan «Real»ni to‘liq mag‘lubiyatga uchratdi.

Ha, madridliklar butun o‘yin davomida to‘pni nazorat qilishdi, raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtirishga harakat qilishdi, ammo ular rostmana golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi. Olis masofadan yo‘llangan zarbalar "ko‘rshapalaklar" posboni uchun xavfni yuzaga keltirmadi.

«Valensiya» esa tezkor qarshi hujumlar orqali Zidan shogirdlarini ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Bu qarshi hujumlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri golga aylanmagan bo‘lsa-da, ular orqali qo‘lga kiritilgan burchak to‘plaridan maydon egalari samarali foydalanishdi. Birinchi bo‘limda Gonsalu Gedesh, ikkinchi bo‘limning so‘ngi qismida esa Garay "Real" darvozasini ishg‘ol etishdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalardagina "Real" bitta to‘shp kiritdi, ammo bu paytda kech bo‘lgandi.

Shu tariqa, "Real Madrid" chempionat tugashiga 8ta tur qolganida "Atletiko"dan 5, "Barselona"dan 13 ochko ortda qolmoqda. "Valensiya" o‘z ochkolarini 47taga yetkazib, YECHL yo‘llanmasini beradigan 4-o‘rin uchun kurashda yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Ispaniya chempionati, 30-tur
Atletik – Levante 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 5 Berchiche, 2:0 – 27, avtogol Fernandes, 2:1 – 51, penalti Marti, 2:2 – 89 Kabako, 3:2 – 90, penalti Muniain.
Atletik – Yago Errerin, Kapa (Ibai Gomes, 72), Yeray Alvares, Martines, Berchiche, San Xose, Benyat (Iturraspe, 79), De Markos, Raul Garsiya (Muniain, 58), Kordoba, Inyaki Uilyams.
Levante – Fernandes, Ruben Vezu (Saymon, 80), Kabako, Postigo, Djeyson, Rober, Rochina (Mayoral, 69), Kampanya, Koke (Luna, 65), Marti, Morales.
Ogohlantirishlar: Morales (4), Raul Garsiya (6), Ruben Vezu (43), Postigo (45), Marti (77), Berchiche (77), Muniain (78), Kabako (85), Saymon (90).
Chetlatish: Kabako (90).

Eybar – Rayo Valyekano 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Poso, 1:1 – 64 Sharles, 2:1 – 73 Leon.
Eybar – Dmitrovich, Penya, Paulu Oliveyra, Ramis, Xose Anxel, Orelyana, Alvares (Jordan, 46), Diop (Eskalante, 69), Kardona, Sharles, Kike (Leon, 46).
Rayo Valyekano – Dimitriyevski, Tito (Gerra, 75), Ba, Amat, Moreno, Suares, Medran (Embarba, 84), Garsiya (Kakuta, 82), Poso, Bebe, de Tomas.
Ogohlantirishlar: Diop (51), Penya (74), Moreno (74), Amat (86).

Ueska – Selta 3:3 (0:1, 3:2)
Gollar: 0:1 – 14 Brais Mendes, 0:2 – 57 Aspas, 1:2 – 63 Galyego, 2:2 – 71 Avila, 3:2 – 73 Pulido, 3:3 – 81 Budebuz.
Ueska – Santamariya, Errera (Galyego, 58), Echeyta, Mantovani, Pulido, Galan, Rivera, Musto (Ferreyro, 35), Gomes, Avila (Melero, 77), Ernandes.
Selta – Blanko, Malyo, Kabral, Xudt, Olasa, Brais Mendes (Budebuz, 20), Lobotka, Yokushlu, Bufal (Xosabed, 90), Aspas (Mor, 82), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Brais Mendes (18), Pulido (25), Olasa (52), Echeyta (55), Mor (88).

Valensiya – Real Madrid 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35 Gedesh, 2:0 – 83 Garay, 2:1 – 90 Benzema.
Valensiya – Neto, Vass, Garay, Diakabi, Gayya, Soler (Ferran Torres, 80), Parexo, Kondogbia, Gedesh (Cherishev, 73), Rodrigo, Gameyro (Santi Mina, 85).
Real Madrid – Navas, Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 64), Vaskes (Dias, 78), Benzema, Asensio (Beyl, 64).
Ogohlantirishlar: Vass (5), Odriosola (64), Parexo (65), Marselo (76).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:02, 04.04.2019.
O'qildi: 9224 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик