Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Germaniya kubogi. Quyi liga jamoasi «Bavariya» darvozasiga 4ta go urdi (videosharh)

Germaniya kubogi. Quyi liga jamoasi «Bavariya» darvozasiga 4ta go urdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Bavariya» o‘z maydonida quyi liga jamoasi — «Xaydenxaym»ni qabul qilib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Bahsning 12-daqiqasida Goretska mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo oradan 1 daqiqa o‘tib myunxenliklar himoyachisi Niklas Zyule so‘nggi umid kushandasiga aylangan fol ishlatdi. Natijada u maydondan chetlatildi va "Bavariya" o‘yin boshidanoq maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Bundan foydalangan «Xaydenxaym» tanaffusga qadar ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Kovach shogirdlari kamchilik bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda ketma-ket hujumlar uyushtirib, raqib darvozasiga 3ta to‘p yo‘llashdi. Ammo kecha "xet-trik"ga erishgan mehmonlar forvardi Robert Glatsel qandaydir 3 daqiqa ichida ikkita gol urdi va hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Faqatgina bahs tugashiga 6 daqiqa qolganidan belgilangan penaltidan Levandovski unumli foydalanib, "Bavariya"ga g‘alabani taqdim qildi.

"Verder" esa safarda "Shalke"ni mag‘lub etib, Germaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.

Germaniya kubogi, chorak final
Bavariya – Xaydenxaym 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 1:0 – 12 Goretska, 1:1 – 26 Glatsel, 1:2 – 39 Shnatterer, 2:2 – 53 Myuller, 3:2 – 56 Levandovski, 4:2 – 65 Gnabri, 4:3 – 74 Glatsel, 4:4 – 77, penalti Glatsel, 5:4 – 84, penalti Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Rafinya (Koman, 46), Kimmix, Xummels, Alkantara, Goretska, Xames, Gnabri, Riberi (Boateng, 24), Myuller.
Xaydenxaym – Myuller, Beermann, Maynka, Bush, Grisbek, Dorsh (Fayk, 52), Toyerkauf (Tomalla, 73), Shnatterer (Multaup, 67), Andrix, Glatsel, Dovedan.
Ogohlantirishlar: Dorsh (40), Levandovski (86), Beermann (90), Grisbek (90).
Chetlatish: Zyule (13).

Shalke – Verder 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 65 Rashisa, 0:2 – 72 Klassen.
Shalke – Nyubel, Stambuli, Nastasich, Sane, Maskarel, Ochipka, Rudi, Serdar, Bujelyab (Ut, 68), Burgshtaller (Kutudju, 82), Embolo (Konoplyanka, 59).
Verder – Pavlenka, Augustinsson, Moysander, Velkovich (Langkamp, 84), Fridl, Eggeshtayn, Shaxin, Klassen, Rashisa (Xarnik, 88), Kruze, Eggeshtayn (Mevald, 74).
Ogohlantirishlar: Sane (22), Shaxin (50), Rudi (55).
Chetlatish: Shaxin (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:09, 04.04.2019.
O'qildi: 7493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик