"PSJ" yarim himoyachisi Adriyen Rabyo jamoasidan ketishga yaqin turibdi.
"Canal +" manbasiga ko‘ra, Rabyo "Real" bilan allaqachon kelishuvga erishgan. 24 yoshli futbolchining shartnomasi yozda tugaydi va u "qirollik klubi" safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.