Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Prevyu. «Dinamo» – «Metallurg»

Prevyu. «Dinamo» – «Metallurg»

Baho:
+2 | -

Superliga 3-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda – Samarqandda  “Dinamo” mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalar shu kunga qadar kuchlilar safida o‘zaro 36 bor kuch sinashishgan. Ushbu o‘yinlarning 17 tasida dinamochilarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 11 ta o‘yinda bekobodliklar zafar quchishgan. 8 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 53:41, samarqandliklar foydasiga. Toshkent viloyati vakillarining “Dinamo” bilan o‘yindagi eng yirik g‘alabasi 3:0 ni tashkil etadi.

Bekobodliklar bir marta o‘z maydonlarida, bir marta esa raqiblari maydonida shunday hisobda zafar quchgan. Safardagi yirik yutuq ushbu jamoalarning kuchlilar safidagi oxirgi to‘qnashuvi – 2017 yilgi chempionatda qayd etilgan.

Samarqandliklar esa “Metallurg”ni bir marta 5:0 hisobida dog‘da qoldirgan. Eng sermahsul uchrashuv ikki bor qayd etilgan bo‘lib, darvozalarga sakkiztadan gol kiritilgan. Tomonlar bir martadan 5:3 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 18:08, 04.04.2019.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик