Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa start oladi.
Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur turnirda bugun yengil vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Ushbu kun doirasida 3 nafar dzyudochimiz medallar uchun kurash olib boradilar. Ularning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev – Daniel ben Devid (Isroil)
-60 kg: Kemran Nurullayev – Kun-Lin Yex (Xitoy Taipeyi)
-66 kg: Shahram Ahadov – Yoqubjon Boqiyev (Tojikiston) / Matey Poliyak (Slovakiya)