Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Xaromdan qo‘rqmaganlar ham bor» – Diyor Imomxo‘jayev

«Xaromdan qo‘rqmaganlar ham bor» – Diyor Imomxo‘jayev

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Bunyodkor” dastlabki yillar rosa odam yig‘ardi, esingizdami. Jilla qursa “Paxtakor” bilan raqobati bor edi.

So‘nggi 3-4 yilda ishlagan rahbariyat esa muxlislar sonini 1000 ga olib chiqolmadi. Ular marketing uchun sarf etish kerak bo‘lgan pullarni o‘ziga yozdi. 

“Paxtakor” ketma-ket necha marta chempion bo‘ldi? Orada muxlislarni uyidan olib chiqishdi, qo‘rqitishdi. O‘yinlariga esa shubha bor edi. Odam qadami arimadimi? Hozir-chi? O‘tgan mavsum klub chempion bo‘la olmadi, ammo odamlar kelyapti-ku. 

Namangan, Surxondaryo, Buxoro, Andijon, Jizzaxda odamlar jamoasi chempion bo‘lishiga ishonadi deysizmi? Yo‘q, ular umid qiladi, toza futbol ko‘rmoqchi bo‘ladi. Biroq ayrimlari bugun bilishyaptiki, haromdan qo‘rqmaganlar ham bor va ular doim bo‘lgan. Shundaylarni fosh qilish boshlanmadimi? 

O‘zPFL o‘tgan mavsum Ramazon oyida o‘yinlar vaqtini iftorlikka mosladi. 

O‘zPFL shu yildan boshlab o‘yinlar vaqtini asr va shom vaqtlariga moslayapti. 

O‘zPFL projektorlar talabini aynan muxlislar quyoshda qolmasligi uchun talab qiladi. 

O‘zPFL siz aytgan o‘sha sektorlarda muxlislar uchun sharoitni klublardan talab qiladi. 

O‘zPFL muxlislar uchun yegulik va ichimlik bo‘lishini talab qiladi, oldinda yangiliklar bor. 

Shundan keyin ham muxlislar bilan ishlamayotgan tomonga qat’iy turish aybmi? Nima uchun qayerdagi legionerlar uchun milliard topiladi-yu klublarda, o‘sha klub kattalari muxlislar quyoshda qolmasligi uchun taxminan shu pulga tribunasiga soyabon qurmaydi? Bu ham marketing, chiptalardan 1 yildayoq chiqarib olar balki pulini?

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 11:49, 05.04.2019.
O'qildi: 5226 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик