Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Futbol akademiyalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Futbol akademiyalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.   Jumladan, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun ana shu chempionatga start berildi.   Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Chempionati ikki bosqichda “A” va “V” mintaqalarga bo‘lingan holda o‘tkazilib, jamoalar uy-safar tizimida bellashishadi.    "A" guruhidagi 1-tur uchrashuvlarida Samarqand akademiyasi Navoiy akademiyasiga qarshi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyatiga qarshi, Buxoro viloyat akademiyasi esa Qashqadaryo akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. "A" guruhida 1-turda Surxondaryo viloyat akademiyasi dam oladi.      "B" guruhida 1-turda Jizzax viloyati Sirdaryo akademiyasiga qarshi, Toshkent shahri Toshkent viloyati akademiyasiga qarshi, Farg‘ona viloyati Andijon viloyati akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda 1-turda Namangan viloyati akademiyasi dam oladi.




Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:38, 05.04.2019.
O'qildi: 4079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик