Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Toshkentda Yaponiya klubi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi

Toshkentda Yaponiya klubi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi O‘zbekiston hamda Yaponiya futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan mamlakatimizga tashrif buyurib, bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, yaponiyaliklar 3 va 4 aprel kunlari Samarqand va Toshkent futbol akademiyalariga qarshi maydonga tushishdi. Bugun "Milliy" stadionda "Vanfore Kofu" jamoasi ishtirokida xalqaro musobaqa tashkil etildi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari akademiyalari qatnashdi.    Musobaqa ikkita yarim final, 3-o‘rin uchun bahs va final uchrashuvlaridan iborat. Birinchi yarim finalda "Vanfore Kofu" klubi "Bunyodkor" akademiyasiga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi yarim finalda "Nasaf" akademiyasi xuddi shu hisobda "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini taslim etdi. Endi ertaga 3-o‘rin uchun bahsda "Vanfore Kofu" "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi. Final esa "Nasaf" va "Bunyodkor" akademiyalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:15, 05.04.2019.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик