Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kemran Nurullayev Antalya Gran-prisining finalida

Kemran Nurullayev Antalya Gran-prisining finalida

Baho:
+ | -

Antalyada boshlangan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Biroz avval -60 kilogramm vazn toifasida qatnashgan vakilimiz Kemran Nurullayev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yurtdoshimiz bu yo‘lda Xitoy Taipeyi, Turkiya, Bolgariyaning nomdor dzyudochilarini, chorak finalda esa jahon chempionatining kumush sovrindori ozarbayjonlik Orxan Safarovni, yarim finalda esa o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati g‘olibi turkiyalik Mixrach Akkshni dog‘da qoldirdi.

Nurullayevning finaldagi raqibi Rio olimpiadasining kumush medali sohibi qozog‘istonlik Yeldos Smetov bo‘ladi. Hal qiluvchi bellashuvda dzyudochimizga omad tilaymiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:42, 05.04.2019.
O'qildi: 1759 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик