Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Umid Ahmadjonov Malayziyaga yetib bordi

Umid Ahmadjonov Malayziyaga yetib bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

6 aprel kuni OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederasiyasining (OFK) 29-Kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda kun tartibiga qo‘yiladigan asosiy masala 2019-2023 yillar uchun tashkilotning yangi rahbarini saylash bo‘ladi. OFK prezidentini saylash jarayonida tashkilotga a’zo 47 mamlakat federasiyalarning vakillari ovoz berishadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti, Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (MOFA) preziyenti Umid Ahmadjonov mazkur Kongressda ishtirok etish uchun Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi.

Ayni paytga kelib, OFK prezidentligiga nomzodlar orasida faqatgina tashkilotning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodi qolgan. Dastavval bu lavozimga da’vogarlar soni 3 nafar edi: Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa (Bahrayn), Saud Al Mohannadi (Qatar) hamda Muhammad Al Romaiti (BAA).

Mart oyida dastlab Muhammad Al Romaiti, keyinchalik Saud Al Mohannadi saylovda ishtirok etmasligini ma’lum qilib, o‘z nomzodini qaytib olgan edi. Shu tariqa nomzodlar orasida faqatgina Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa qolgan xolos. Eslatib o‘tamiz, OFK prezidenti bir vaqtning o‘zida FIFA vise-prezidenti ham sanaladi.

Ta’kidlash joiz, o‘tgan oy Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (MOFA) Kongressida tashkilotga a’zo barcha mamlakat vakillari (Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) bo‘lajak saylovda Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilishgan edi.

Shuningdek, ertanggi Kongressda OFK vise-prezidentligiga, FIFA konsulligiga, OFK erkaklar va ayolar ijroqo‘miga ham saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2013 yil may oyida OFK prezidenti etib saylangan. Tashkilotning amaldagi rahbari bo‘lajak saylovda ham o‘z nomzodini qo‘yishi haqida o‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan OFK ijroqo‘mining yig‘ilishda ma’lum qilgan edi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 03:49, 06.04.2019.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.