Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Qozog‘iston bilan hamkorlik yanada kuchayadi

Jismoniy tarbiya va sport sohasida Qozog‘iston bilan hamkorlik yanada kuchayadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qozog‘iston madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxameduli va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi tashrif buyurdi.

Yurtimizga Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida ishtirok etish uchun kelgan Aristanbek Muxameduli boshchiligidagi delegasiyani Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, nufuzli musobaqalarga sportchilarni tayyorlash, yirik sport tadbirlarini o‘tkazish kabi yo‘nalishlardagi aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Do‘stona ruhda, samimiy o‘tgan tadbirda vazirlar tomonlarning mazkur yo‘nalishlardagi yutuq va muammolar haqida suhbatlashib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Xususan, Dilmurod Nabiyev Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab, ayniqsa qishki sport turlari bo‘yicha Qozog‘istonning ilg‘or tajribalarini o‘rganish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Qozog‘iston madaniyat va sport ishlari vaziri Aristanbek Muxameduli ham ikki davlat o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini, yaqinda qurib foydalanishga topshirilgan “Humo Arena” muz saroyi ham qishki sport turlari rivoji yo‘lida qo‘yilgan dadil qadam bo‘lganini ta’kidlab, bundan buyon hamkorlikda yirik musobaqalar o‘tkazish orqali sport turizmini yanada rivojlantirishni taklif etdi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 16:40, 06.04.2019.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик