Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futbolchi o‘zidan qoniqmasligi kerak…

Futbolchi o‘zidan qoniqmasligi kerak…

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Nihoyat, muayyan tanaffusdan so‘ng Superliga bahslari davom ettirildi. 2-turga «Qizilqum» va AGMK o‘rtasidagi uchrashuv bilan start berildi. Ta’bir joiz bo‘lsa, har ikki jamoa a’zolari maydonda bor kuchlarini ishga solishdi, sezilarli ishtiyoq bilan to‘p surishdi.

Chunonchi, chempionat boshidagi g‘alaba qadri juda baland, ayniqcha, jamoaga qo‘shimcha kuch va ishonch bag‘ishlashi nuqtai nazaridan. Xullas, keskin kurashlar va vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinda «Qizilqum» legionerlarning aniq harakatlari evaziga 3 ochkoni o‘z tomoniga og‘dirdi.

Dastlab nikaragualik Smit Medina o‘ta tezkor gol muallifiga aylandi, keyin, ikkinchi bo‘limda gruziyalik Elguja Grigalashvili birin-ketin 2 bora o‘zini ko‘rsatib, mezbon jamoa g‘alabasini ta’minladi. Shu kuni «Qizilqum» safida legionerlardan tashqari, himoyachi Muhsin Ubaydullayev ham alohida ajralib turdi. Xullas, biz o‘yindan so‘ng uni suhbatga tortdik.

- Muhsin, dastlab uchrashuv haqidagi umumiy taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

- Ilk turda ancha yaxshi o‘ynaganimizga qaramay, durang natija bilan cheklangan edik. Shu sabab ham, bugun g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. O‘ylaymanki, muxlislarimiz oldidagi qarzni uzish barobarida chiroyli futbol ko‘rsatishni ham uddaladik. Muhim uchrashuvdagi ushbu g‘alaba yigitlarni yanada kuchli ishtiyoq bilan to‘p surishga undasa, ajabmas.

- AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘yindan so‘ng «Qizilqum» tartibli himoya evaziga g‘alaba qozonganini ta’kidladi. Aslida reja qanday edi?

- O‘z maydonimizda o‘ynar ekanmiz, bizdan hamisha maydonda birinchi raqam ostida hujumkor futbol namoyish etish talab etiladi. Xususan, ortda qolgan o‘yinga qaratilgan tayyorgarlik jarayonida ham hujumkor uslub ustida ko‘proq ishladik. Ha, birinchi bo‘limda ko‘proq himoyada ishlashimizga to‘g‘ri kelgani rost. O‘zi futbolning oddiy qoidasi shu - har qanday jamoa raqib harakatiga qarab, o‘yin tashkil qiladi. Muhimi, tanaffusdan ke­yin tashabbusni to‘liq qo‘lga olib, asosan hujumda vaqt o‘tkazdik. Shu tariqa raqib himoyalanishdan bo‘shamay qoldi. Yakunda 3 ochkoga ega chiqqanimiz shu hujumkorlik mahsuli, albatta.

- Biroq jamoangiz dastlabki daqiqalarda ancha qiynaldi. Nima, boshidan hujumkorlikka zo‘r berishning iloji yo‘qmidi?  

- O‘z maydonimizda «Andijon»ni yengolmaganimiz uchunmi, maydonda biroz bosim ostida harakatlandik. Zero, jamoamizni g‘alabadan boshqasi aslo qoniqtirmasdi. Demoqchimanki, 3 ochko olish shartligi boshida ma’lum darajada xalaqit berdi. Tanaffusda murabbiylar erkinroq to‘p surishimiz kerakligini uqtirishdi, ruhlantirishdi. Natijada ikkinchi 45 daqiqalikda ko‘rsatmalarni to‘liq bajarib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsata boshladik.

- Smit Medina haqida nima deya olasiz. Deylik, mashg‘ulotlar jarayonida nikaragualik legionerning mahalliy futbolchilardan ustun jihatlari sezilmoqdami?

- Smitning mashg‘ulotlar davomida qanday ishlashiga qarab, saviyasi chakki emasligini osongina payqash mumkin. Uning asosiy ustunligi - bu yuqori tezligi. Chempionatimiz endi boshlandi, demak, muxlislarimiz nikaragualikdan gollar kutaverishsin.

- Umuman, bu safar «Qizilqum» kuchli o‘ynadimi yoki aksincha, ­AGMKning harakatlari qovushmadi?

- Hozir bir jamoani kuchli, ikkinchisini kuchsizga chiqarish mantiqan to‘g‘ri emas. Odatda saviya jihatidan nisbatan teng kuchli jamoalar to‘qnashuvida qaysi tomon vaziyatlardan unumliroq foydalansa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Xullas, bugun imkoniyatlardan samara chiqarganimiz hisobiga ustun keldik. Bor gap shu.

- O‘z harakatlaringizdan nechog‘li qoniqdingiz?

- Yo‘q, futbolchi hech qachon o‘z o‘yinidan qoniqmasligi kerak. Aks holda, o‘sishdan to‘xtab qoladi. Odatda harakatlarimni atroflicha tahlil qilaman, ammo o‘zimga baho bermayman. O‘yinimda kamchiliklar borligini ham yaxshi bilaman, hali turli jihatlar bo‘yicha o‘sishim, buning uchun tinmay ishlashim kerak. Qisqasi, izlanish va astoydil mehnat qilishda davom etaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 18:53, 06.04.2019.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.