Bundan 5 kun avval «Evro futbol» nashri Ronaldu bilan juda qizg‘in suhbatni o‘z sayti va "You Tube" kanalida e’lon qildi. Kichik bo‘lsada ancha qiziqarli suhbat bo‘lgani kishini quvontiradi. Saytimiz o‘quvchilariga ham ushbu intervyuni ilindik.
Bugun o‘z xursandchiligingni yashirib bo‘lmaydigan kun. Sababi, oldimda hamma zamonlarning eng yaxshi futbolchisi, buyuk futbolchi Krishtiyanu Ronaldu. Salom Krish! O‘ylashimcha, yaxshi boshladim?
(Kuladi) Albatta, Seni ko‘rib turganimdan hursandman.
Avvalambor, sening jismoniy imkoniyatlaring to‘grisida gaplashsak. Professional faoliyatingni boshlashingdan avval nimjongina yigit eding ,endi esa, haqiqiy atletga aylangansan. Bunday darajaga chiqishing uchun nima shu qadar ruhlantirdi, yoki boshqa sabab mavjudmi?
Hech kimga sir emas, men bundan 13 yil oldin o‘z ustimda ishlash borasida mo‘ljallangan programma asosida shug‘ullanishni boshlaganman. Hozirgi kunlarga qadar aynan shu programma asosida mehnat qilib kelyapman. Meni ruhlantirgan narsa haqida to‘xtalsam. O‘spirin paytimda mashg‘ulot zalida hammadan koproq qolib ketardim. Sababi, o‘zimda o‘sish kuzatila boshlangan, menda muskullar sezilib qolgandi. Keyin yanada katta qizqish bilan ko‘proq shug‘ullana boshladim. Keyin presslar paydo bo‘la boshladi. Shunday tartibda men havaskorlarcha shug‘ullana boshladim. Professional futbolga o‘tganimdan so‘ng, menga yuqorida aytilganidek mahxus programmada ishlashni tavsiya qilishdi. Men bu tavsiyaga hozirgacha amal qilib kelyapman. Rasmga chiroyli tushish ,yoki kimgadir yoqish maqsadida o‘z ustimda ishlamayman. Jismonan baquvvat futbolchilar uchun maydonda harakatlanish ancha osonlashadi. O‘z tanamni tinimsiz chiniqtirib borishdan maqsadim shu.
So‘nggi yillarda tashqaridan qaraganda sening o‘yin uslubing tubdan o‘zgargan, ya’ni oldingidek dribling va fintlar ishlatmay qo‘yding.
Yo‘q, nega (kuladi) hozirgacha o‘yinlarda dribling ishlatamanku!
To‘g‘ri, lekin «Manchester Yunayted»dagi Ronaldu bilan «Yuventus»dagisining o‘rtasida katta farq bor. Hozir sen sof hujumchi sifatida harakatlanyapsan. Hujumchiga aylanish o‘zing tomoningdan qabul qilingan qarormi? Yoki bizga shunday tuyulmoqdami?
Vaqt o‘tgani sari avvalgi tempda o‘ynay olmasligingni tushunib borasan va shunday qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bu - fint va driblingni boshqa ishlata olmayman degani emas. Men bundan 6 yil avval bir narsani tushunib yetdim. Maydonda eng muximi - g‘alaba qozonish, jamoang uchun foydali harakatlarni amalga oshirish va gol urish! 6 yildan beri ayan shu 3 ta omilga bor e’tiborimni qarataman. Avvalgidek bor energiyamni fint yoki driblingga emas, shu 3 ta omilga qaratishga qaror qildim. Sababi, o‘yinda g‘alaba qozonish eng muhimi! Agar men gol ursam, bu - jamoamga yordam bera oldim degani! Aynan shu omil sabab o‘z o‘yin uslubimni o‘zgartirdim.
Endi senga blits savollar beraman. Ikkita variantdan birini tanlashing kerak bo‘ladi.
Ikkita variant? Bu bir dona variant berganingdan yaxshiroq (Kuladi)
Bugatti yoki Lamborgini?
Bugatti!
Mashg‘ulotlardan so‘ng uyga ketib dam olish, yoki hammadan so‘ng qolib qo‘shimcha mashg‘ulot o‘tkazish?
Hmm… Boshqa variant aytsam bo‘ladimi?
Yo‘q! Shu ikkisidan birini tanlashingga to‘g‘ri keladi!
Unday bo‘lsa, qolib mashg‘ulot o‘tkazishni tanlayman
Aynan shu javobni sendan kutgan edim. Insonlarni avval o‘rganasanmi, yoki darrov tanishishga intilasanmi?
Darrov kontakt qilishga urunaman.
Ruhiy ustunlik yoki jismoniy ustunlik?
Ruhiy ustunlik. Sababi, g‘alaba aynan shunday ustunlik evaziga qo‘lga kiritiladi.
Selfi yoki avtograf
Selfi! Chunki avtograf berish ko‘p vaqtni oladi.
Krassovka yoki Butsa?
Butsa!
Fergusson yoki Zidan?
Albatta, Fergusson. U menga o‘z otamdek yaqin.
Krish vaqt ajratganing uchun sendan minatdormiz. Bugun futbol olamining hamma zamonlardagi eng kuchli futbolchisi bizning savollarga javob berdi.
Y.U tarjima qildi.