Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Ular aslida qaysi terma jamoa safida to‘p surishi kerak edi?

Ular aslida qaysi terma jamoa safida to‘p surishi kerak edi?

Baho:
+ | -

Yevropaning grand terma jamoalari sharafini himoya qilayotgan futbolchilarning aksariyati o‘z Vatani sharafini himoya qilishdan bosh tortishgani hech kimga sir emas. Bugun  o‘zga davlat sharafini himoya qilayotgan futbolchilar haqida so‘z boradi.
1-qism

Lukaku

Kelib chiqishi Kongolik bo‘lgan futbolchi belgiyalik skautlar e’tiborini tortadi va futbolninf sir-asrorlarini o‘rganish uchun Belgiyaga tashrif buyuradi. Futbolchi o‘spirin yoshga yetishi bilan Belgiya terma jamoasidan taklif tushadi. Bunday imkoniyat har kimga ham berilavermasligini bilgan Lukaku o‘ylab o‘tirmasdan Belgiya libosini kiyadi. Futbolchi hozirgi kunlarimzga qadar 2 ta davlat fuqarosi sanaladi

Usman Dembele

Ota-onasi Malidan Fransiyaga ko‘chib kelgan Usmonning «Barselona» safida to‘p tepishiga ko‘pchilik ishonmagan bo‘lsa kerak. Futbolchi o‘zining ajoyib tezligi va texnikasi sababli futbol olamida juda erta shuxrat qozondi. O‘z navbatida unga ham bir yo‘la ikki davlat termasidan taklif tushdi. U esa o‘ylab o‘tirmay, Fransiyani tanladi. Futbolchi bu boradagi savollarni ko‘pincha javobsiz qoldiradi va Fransiya termasini nima uchun tanlaganini izohlashdan bosh tortadi. Shunga qaramasdan, Mali davlatida uning tutgan o‘rni juda baland. Uning o‘yinlarini mahalliy telekanallar doimiy tarzda namoyish qilishga urunishadi

Deli Alli

Bu futbolchining ota-onasi asli nigeriyalik bo‘lgani sababli, bu yurt vakillari unga terma jamoada o‘ynash uchun taklif yuborishgan ekan. Deli esa bu taklifni tezda rad etadi va Angliya safida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. «Tottenhem» safidagi ajoyib o‘yinlari evaziga terma jamoaning asosiy o‘yinchisi darajasiga ko‘tarilgan futbolchi kundan-kunga o‘sib bormoqda. U bilan «Real Madrid», «Barselona» singari super jamoalarning qiziqib qolgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Rahim Sterling

Bu futbolchi asli Yamayka davlati fuqarolari oilasida tavvalud togan Rahim APLning hozirda eng yorqin yulduzlaridan biri. Shaxsan Gvardiolaning yoqmtoyi sanaladigan futbolchi o‘z termasidan chaqiruv olmagan ekan. Sababi, Sterling 16 yoshidayoq o‘z tanlovini amalga oshirgan edi. «Golden Boy» sovrini egasi sanaladigan futbolchi hozirda yangi marralarni zabt etish bilan mashg‘ul

Pol Pogba

Yana bir gvineyalik bo‘lgan Fransiya terma jamoasi a’zosi. Hozirda «Manchester Yunayted»da o‘yini ochilib borayotgan futbolchi terma jamoa tanlashda adashmadi, deb qo‘rqmasdan ayta olamiz. U Fransiya termasi safida 2018-yilgi Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda muhim gollari bilan chempionlikka munosib hissa qo‘shdi. Undagi yetakchilik hususiyatlarini hisobga olsak, yaqin kelajakda Fransiya terma jamoasining sardoriga aylanishi ham hech gap emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:35, 08.04.2019.
O'qildi: 13482 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.