Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

APL. «Chelsi» g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

APL. «Chelsi» g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Chelsi» o‘z maydonida «Vest Xem»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Maurisio Sarri shogirdlari butun o‘yin davomida tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Maydon egalari birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Ammo maydon egalari Azar tomonidan urilgan bitta gol bilan cheklanishdi.

Ikkinchi bo‘limda "bolg‘achilar" faollikni oshirishdi. Faqatgina o‘yinning eng so‘nggi daqiqasiga kelib Azar yana bitta golga mualliflik qildi va uchrashuvdagi intrigani yo‘qqa chiqardi.

Shu tariqa, "Chelsi" 66 ochko bilan jadvalda 3-o‘riinga ko‘tarilib oldi. Jamoa asosiy raqobatchilari — «Tottenxem», «Arsenal» va «MYU»ga nisbatan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

APL, 33-tur
Chelsi – Vest Xem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Azar, 2:0 – 90 Azar.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Emerson, Kante, Jorjinyo, Loftus-CHik (Barkli, 70), Xadson-Odoi (Pedro, 85), Iguain (Jiru, 76), Azar.
Vest Xem – Fabianski, Frederiks, Balbuena, Ogbonna, Kressuell, Rays, Nobl (Obiang, 70), Arnautovich, Lansini, Felipe Anderson, Ernandes (Snodgrass, 46).
Ogohlantirishlar: Ogbonna (11), Aspilikueta (82), Arrisabalaga (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:05, 09.04.2019.
O'qildi: 4708 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик