Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Jonli efir»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Jonli efir»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jonli efir. Televideniye tarixida undan yaxshisini o‘ylab topishmagan. O‘ylab topa olishmaydi ham. Lavhalar, ko‘rsatuvlar, shou-o‘yinlar, intellektual bahslar, yozib olingan eng zo‘r kliplar, ishoning, hamma-hammasi jonli efir oldida g‘aribgina bo‘lib qoladi.

Nafaqat tv, balki OAVning barcha qatlamida-da undan yaxshi, undan kuchli yo‘l mavjud emas. Ajoyib maqolalarni o‘qiymiz, hayratomuz tahlillarni mutolaa qilamiz, biroq jonli efir – u xoh radio, xoh televideniye bo‘lsin – barchasining vaznidan og‘irroq.
Jonli efirda chiqar ekansiz, siz olam bilan suhbatlashayotganingizni his etasiz. Shu paytning o‘zida, gapirayotgan paytingizda. Sizni hamma eshitayotgani gapirayotgan paytingizga to‘g‘ri keladi. Boshqa bunday imkoniyat bormi?!

Siz bir paytning o‘zida hech kimning to‘sig‘isiz va o‘zingizning ichki “men”ingiz nazoratida so‘zlash imkoniga faqat jonli efirda ega bo‘lasiz. Qolgan efirlarda teskarisi bo‘ladi: og‘zingizga kelgan hamma narsani aytishingiz va istalganini qirqib tashlashingiz mumkin – montaj qudrati zo‘r.

Jonli efirlarning ichida esa, eng zo‘ri, shubhasiz, futbol sharhlash bo‘lsa kerak. Umuman sport o‘yinlarini sharhlash, desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki siz o‘yinning bir qismiga aylanasiz, dinamikada yashaysiz va o‘yin oxiriga qadar sportchilar bilan birga – ular qayoqqacha olib borishsa – birga boraverasiz.

Ruslarda “pryamoy efir” deyiladi. Inglizchadagi live so‘zi negadir menga ko‘p ma’qul. Chunki unda hayot so‘zi bor. Bizdagi “to‘g‘ridan to‘g‘ri efir”dan ko‘ra “jonli efir” chiroyliroq yangraydi. Jon bor, yashamoq bor, hayot bor.

Futboldagi “jonli efir” hayotimizga o‘xshagani uchun aytyapman yuqoridagi gapni: nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz, o‘yin boshiga qarab xulosa bera olmaymiz, uchrashuvning oqibati butun o‘yindan-da muhimroq darajada!..

Ertaga “Paxtakor” jamoasi Qatarning “As Sadd” klubi bilan o‘ynaydi. Hozir u haqda nima desak ham taxmin yo oldindan bildirilgan fikr bo‘lib qolaveradi. O‘yinning o‘zi haqidagi tasavvurimiz faqat boshlanganida, “Sport” telekanali orqali translyasiya jonli efirda uzatila boshlanganida paydo bo‘ladi.

Birga kuzatamiz. Jonli efirda. 19:00dan boshlab, “Paxtakor” o‘yingohiga “jon” kiradi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:36, 09.04.2019.
O'qildi: 10467 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик