Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:00 Arsenal 2-2 Kristal Pelas
24/04 00:30 Xetafe 0-1 Real Madrid
24/04 00:30 Alaves 1-0 Real Sosyedad
24/04 22:00 Osasuna 1-0 Sevilya
24/04 22:00 Leganes 1-1 Jirona
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon

Ernesto Valverde: «MYU» «PSJ»ni mag‘lub etganidan keyin ruhlanib ketdi»

Ernesto Valverde: «MYU» «PSJ»ni mag‘lub etganidan keyin ruhlanib ketdi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«MYU»ning kuchli tomoni – bu nafaqat standart vaziyatlar. Jamoa avvalgi bosqichda «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alaba va so‘nggi oylardagi muvaffaqiyatlardan keyin ruhlanib ketdi. Biz keyingi bosqichga chiqishni istaymiz. Buning uchun raqibning kuchli tomoni bo‘lgan standartlarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

Oldimizga qandaydir natija qayd etish vazifasini qo‘ymaymiz. Ammo safarda gol urishni istaymiz. Avvalgi bosqichlarda o‘z uyimizda ko‘p gol urdik.

Biz g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Bu borada ortiqcha gapning keragi yo‘q. Bu bahsda shunchaki faqat himoyalanish yoki faqat hujum qilish mumkin emas. Har ikkalasini mukammal bajarish lozim.

Dembele? Uning mashg‘ulotda qay tariqa ishlashiga qaraymiz. Bu «Lion»ga qarshi o‘yin oldidan yuzaga kelgan vaziyatga o‘xshaydi. Bu birinchi o‘yin va buni unutmaslik lozim. Haddan tashqari tavakkalchilikka qo‘l urmaymiz.

Barcha top-jamoalar g‘alaba qozonishni istashadi. Bu borada biz ham istisno emasmiz. «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari ham musobaqada g‘olib chiqishni istashadi. Biz o‘zimizga ishonamiz. Mavsum davomida qiyin vaziyatlardan yaxshi chiqib ketdik», – dedi Valverde.

«Manchester Yunayted» – «Barselona» bahsi ertaga, 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:45, 09.04.2019.
O'qildi: 4881 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz