Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

YECHL. «Liverpul» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

YECHL. «Liverpul» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Qur’ada omadi chopgan "Liverpul" dastlabki o‘yinda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mersisaydliklar uchrashuvning 5-daqiqasidayoq "Portu" darvozasini ishg‘ol qilishdi: Nabi Keyta jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba rikoshet orqali golga aylandi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Muhammad Saloh raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan ko‘p o‘tmasdan esa Roberto Firmino chiroyli kombinasiyadan unumli foydalanib, hisobdagi farqni 2taga oshirdi.

Tanaffusga qadar hisob yana o‘zgarishi mumkin edi. Portugaliyaliklar hujumchisi Marega ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lsa, bir marta Firmino qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi.

Ikkinchi bo‘limda "Liverpul" to‘p nazoratini o‘zida ushlab qolgan bo‘lsa, mehmonlar ko‘proq himoyalanishdi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi. Javob bahsi 17 aprel kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
Liverpul Angliya – Portu Portugaliya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 5 Keyta, 2:0 – 26 Firmino.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Milner, Xenderson, Fabinyo, Keyta, Saloh, Firmino (Starridj, 82), Mane (Origi, 73).
Portu – Kasilyas, Maksi Pereyra (Fernando, 77), Felipe, Eder Militao, Korona, Danilu Pereyra, Oliver Torres (Brunu Koshta, 73), Telles, Otavio, Soares (Braimi, 62), Marega.
Ogohlantirishlar: Soares (17), Felipe (61).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:15, 10.04.2019.
O'qildi: 6545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик