Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Kutib oling, «Paxtakor» qaytmoqda»!

«Kutib oling, «Paxtakor» qaytmoqda»!

Baho:
+ | -

O‘yin boshlangach stadiondagi bir perfomansga ko‘zim tushdi, siz ham ko‘rgan bo‘liishngiz kerak  – “Kutib oling, “Paxtakor” qaytmoqda”.

Bu yozuvni tashkilashtirgan fan klubga rahmat.

“Paxtakor” haqiqatdan qaytmoqda. Men oldingi “Paxtakor”ni ko‘rmamaganman, chunki u vaqtda hali dunyoga ham kelmagan edim.

“Paxtakor” haqida asosan OAVdagi xabarlar orqali tanishman. Rostdan  ham millat jamoasi qaytmoqda.

Superligadagi mojarolar o‘z yo‘liga, lekin kecha “Paxtakor” sarflanayotgan pullar, ko‘rsatilayotgan e’tiborni to‘laligicha oqladi.

Faqat shu jihatlari quvontiradi. Xavi, Gabi kabi jaxon yulduzlarini o‘z tarkibida olib kelgan “Al Saad” bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdi (agar yaxshiroq o‘ynamagan bo‘lsa).

Chap qanot himoyada ko‘pchilik Akrom Komilovni kutgan bo‘lsa ajab emas, “Nasaf” bilan bo‘lgan o‘yindan u o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatgan edi.

Ammo Arveladze qanot himoyasida Sayfiyev va Alijonovni maydonga tushirdi va bu o‘zini oqladi. Sergeevni ham OCHL o‘yinlarida asosiy tarkibda ko‘rganimizga ancha bo‘lgan edi.

Shu futbolchi  gol urishini juda ko‘plab muxlis xohladi. Keyingi safar “kutib oling Sergeev qaytmoqda” degan yozuvni ko‘rgim kelgandi. Afsuski Sergeev boshqa futbolchilardan ajralib turishi bilan ko‘zga tashlanmadi. Sergeev qayta olmadi.

Bir boshdan boshlaymiz. 6-daqiqa: Xavi faqat rasmga tushish uchun kelmaganini “Paxtakor” himoyachilari esidan chiqazdimi deyman, uni e’tiborsiz qoldirishdi.

Va bu nimaga olib kelishini yakunda jahon chempioni ko‘rsatib ko‘ydi. Quvvatov qanchalik harakat qilmasin Xavining zarbasi oldida ojiz qoldi.

Sariqlar safida o‘ynagan 3 raqamdagi futbolchini Benjamin Povar deymi, yoki Dani Alvesh? Xullas Xojiakbar katta sahnaga chiqdi zarbani ko‘rdingiz-a? Shedevr.

O‘sha Messini bir-biridan chiroyli gollarini jonli ko‘rgan Xavi ham o‘yindan so‘ng “3-raqamdagi bola urgan golini bir ko‘ray” degan bo‘lsa hech ajablanmaymiz. Gol zo‘r chiqdi, uni nishonlash ham o‘ziga xos bo‘ldi. Bunaqasini kamdan-kam ko‘ramiz Xojiakbar golni urdida, o‘yoqdan-buyoqga yugurmadi,  qo‘lini duoga ochdi, bas.

Xavi ikkinchi golini ham kutilmagan va chiroyli tarzda urdi. Cheranning goli ham undan qolishmadi bunday kombinasiyalarni o‘zbek futbolida anchadan beri ko‘rmayotgan edik. “Paxtakor” yetakchilari Masharipov va Cheran o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi.

Chap qanotdagi faollikni ta’kidlab o‘tmasak bo‘lmas. Sayfiyev ham juda aqlli o‘yin namoyish etdi. Hamrobekovning zimmasiga ham ancha-muncha yuk tushdi, Odil uchun juda qiyin o‘yin bo‘ldi va shu bilan birgalikda juda katta tajriba bo‘ldi.

Xulosa: “Paxtakor” o‘yinida ancha o‘sish bor. Bu jamoadan ko‘p narsa kutish mumkin. O‘zbekistonlik muxlislarning bugungi “Paxtakor”dan umidi katta.

Jahongir Sotiboldiyev "Worldnews.uz" muxbiri

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 19:55, 10.04.2019.
O'qildi: 7212 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.