Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

YECHL. «MYU» o‘z uyida kichik hisobda «Barsa»ga yutqazdi

YECHL. «MYU» o‘z uyida kichik hisobda «Barsa»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Barselona»ni qabul qildi.

Kataloniyaliklar bu o‘yinda tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Lionel Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, olis ustun tomon uzatma bergan paytda qanot hakami Matteo Passeri kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suaresni ofsaydda qolgan deb hisoblab, golni bekor qildi. Ammo referi Janluka Rokki VARga murojaat qildi va gol toza urilganini qayd etdi. Suaresning bosh bilan yo‘llagan zarbadan keyin to‘p «MYU» himoyachisi Lyuk Shouga tegib, darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi.

Maydon egalari gol o‘tkazib yuborganlariga qaramay, vaziyatni o‘nglash uchun faol o‘ynashda davom etdi. Hujumlarning birida Dalot yaqin masofadan bosh orqali darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi taym avvalida ustunlik mankunianliklar tomonida bo‘ldi. Ammo "Barselona" yaxshi himoyalandi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shundan so‘ng Valverde ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi va taktikani o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. "Ko‘k-anorranglilar" qolgan daqiqalarda to‘pni juda yaxshi nazorat qilib, mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

Shu tariqa, "Barselona" safardan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Javob o‘yini 16 aprel kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
Manchester Yunayted Angliya – Barselona Ispaniya 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 12, avtogol Shou.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Shou, Yang, Pogba, Fred, Maktomini, Diogu Dalot (Lingard, 74), Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Serji Roberto, 66), Buskets (Alenya, 90), Rakitich, Koutinyo (Vidal, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (17), Shou (19), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:07, 11.04.2019.
O'qildi: 5769 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.