Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari ma’lum bo‘ldi

Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati poyoniga yetdi.

Xorazmda tashkil etilgan musobaqada 300 nafarga yaqin yosh bokschi 15 ta vazn toifasida ringga ko‘tarilib, mamlakatimizning eng sara yosh “charm qo‘lqop” ustalari aniqlandi. Chunonchi, 10 aprel kuni chempionatning oxirgi janglari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning yopilish marosimi har galgidek, bayramona tarzda nishonlandi. Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston va Xorazm viloyati boks federasiyalari, shuningdek, yurtimiz boksining taniqli vakillari, faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

G‘oliblar safidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri, ROZK va “Dinamo” jamoalarining sportchilari joy olishdi. G‘olib va sovrindorlarga tantanali tarzda oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg‘alar topshirildi.

 

Musobaqa g‘olibi, Xorazm viloyati terma jamoasi a’zosi Anvar Boltaboyev shunday dedi: –“Yoshigimdan boksga qiziqaman. To‘rt yildirki, sportning ushbu turi bilan shug‘ullanaman. Hozirda Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatining 8-sinfida tahsil olyapman. Mamlakatimiz chempionatida ikkinchi marta qatnashishim. Oldingi safar omadim chopmagandi. Bu meni yanada jiddiyroq shug‘ullanishga undadi. Harakatlarim besamar qolmadi. O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘ldim. Bundan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, musobaqa tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman.”

 

Boks bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar:

 

42 kg. Hasan O‘rozaliyev (Jizzax)

44 kg. Ibrohim Ishchonov (Xorazm)

46 kg. Ro‘ziboy Mirzajonov (Andijon)

48 kg. Qobiljon Abdurahimov (Namangan)

50 kg. Anvar Boltaboyev (Xorazm)

52 kg. Davron Rahmonov (ROZK)

54 kg. Fozilbek Abduhamidov (“Dinamo”)

57 kg. Murodjon Qudratov (Jizzax)

60 kg. Temirxan Maqsetboyev (Qoraqalpog‘iston)

63 kg. Azizbek Tojiyev (Qashqadaryo)

66 kg. Abdulaziz Rasulov (Andijon)

70 kg. Login Petrov (Navoiy)

75 kg. Sarvarbek Sobirov (Toshkent viloyati)

80 kg. Abdullajon Almamatov (Toshkent shahri)

+80 kg.Jahongir Zokirov (Jizzax)

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:18, 11.04.2019.
O'qildi: 3433 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.