Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Brendan Barret: «Bahodir Jalolov burnimni sindirdi»

Brendan Barret: «Bahodir Jalolov burnimni sindirdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Jang yakunlangandan so‘ng o‘zbekistonlik bokschining raqibi Brendan Barret ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Bahodir Jalolovning kuchli zarbasidan so‘ng burni singanini yozib qoldirdi.

“Afsuski, bu kecha uddalay olmadim. Raqibning bo‘yi baland bo‘lgani va chap qo‘l uslubi imkoniyatidan foydalangani menga katta qiyinchilik tug‘dirdi.

Bunday ulkan raqib bilan har qancha mashg‘ulot o‘tkazsang hamuni yiqitish qiyin bo‘ladi. Burnim birinchi chap qo‘l zarbasidan sindi, vaziyat yomonlasha boshlagach, referi jangni to‘xtatdi. 

Afsusdaman, ammo burnimdagi jarohatni tiklab olgach,mashg‘ulotlarga qaytaman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor rahmat”, deya yozgan Brendan Barret.

Ma’lumot o‘rnida, amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Endi Jalolov 16-27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 17:25, 11.04.2019.
O'qildi: 8773 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.