«Atletiko» himoyachisi Diyego Godin jamoani tark etishga yaqin turibdi. Urugvaylik mavsum so‘ngida «Inter» safiga borib qo‘shiladi.
33 yoshli futbolchi "neradzurri" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. «Atletiko» Godinni o‘z safida saqlab qolishi mumkin. Ammo klub siyotiga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan futbolchilarga 1 yildan oshiq shartnoma taklif qilinmaydi. Shu bois, uning Madridda qolish ehtimoli past baholanmoqda.
Godin 2010 yildan beri «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda.