Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Bugun hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 2-tur o‘yinlari boshlanadi

Bugun hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 2-tur o‘yinlari boshlanadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15,
U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun ana shu musobaqaning 2-tur o‘yinlariga start beriladi.

"A" guruhidagi 2-tur uchrashuvlarida Samarqand viloyati Buxoroga qarshi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademiyasi Surxondaryoga qarshi, Navoiy akademiyasi esa Qashqadaryo bolalar va o‘smirlar akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushadi. "A" guruhida 2-turda Xorazm viloyat akademiyasi dam oladi.

"B" guruhida 2-turda Toshkent shahri akademiyasi Andijon viloyati akademiyasiga qarshi, Jizzax viloyati Namangan viloyat akademiyasiga qarshi, Toshkent viloyati Farg‘ona viloyati akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda 2-turda Sirdaryo viloyati akademiyasi dam oladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:16, 12.04.2019.
O'qildi: 3315 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик